“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:24
ЎЗO‘Z

Asabiylashmay desangiz...

15 мая, 09:00 4 280 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Asabiylashmay desangiz... Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashishdan, behuda g‘azablanishdan saqlanish uchun quyidagilarga rioya etish kerak:

1. Ko‘p xastaliklar zamirida asab buzilishi yotishini unutmang.
2. Jigari, buyragi, oshqozoni, yuragi kasal odamlar hayoti notinch, asabi buzuq bo‘lsa, ularni davolash juda qiyin kechishini yodda tuting.
3. Hadeb kayfiyati buzilaveradigan, arzimagan narsaga ham jahli chiqaveradigan kishilarda yurak, oshqozon nevrozi paydo bo‘ladi.

4. Kishi ishda yoki begonalar oldida emas, uyda ham o‘zini bosishi, og‘ir bo‘lishi lozim.
5. Jahl chiqqanda tomirlar qisilib, qon bosimi oshadi, noto‘g‘ri ura boshlaydi, odam kechasi yaxshi uxlay olmaydi, boshi og‘riydi.
6. Qahr-g‘azab, alam, qattiq sog‘inch, tushkunlikka tushish ham spirtli ichimliklar ichish, tamaki, nos chekish yoki ortiqcha vazn kabi omillar sirasiga kiradi.

7. Homilador yoki emizikli ayol osoyishta hayot kechirishi, asabini tashqi muhitning yomon ta’sirlaridan asrashi lozim. Shunda bolaning asabi mustahkam bo‘ladi.
8. Odob-axloq, bir-birini tushunish, boshqalarga nisbatan sabr-toqatli bo‘lish, ishda, ko‘chada do‘stona munosabatlarni vujudga keltirish muhim ahamiyatga ega.
9. Allohning Kalomi Qur’oni karimni, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam hadislarini doim o‘qib yuring.

10. Atrof-muhitdagi ranglarga, tabiat manzaralariga e’tibor berish asab faoliyatini bir me’yorda ushlab turadi.
11. Qovurilgan, yog‘li, sho‘r, achchiq ovqatlarni, qazi, kaboblarni me’yoridan ortiq, har kuni iste’mol qilish asabiylashishga olib boradi.
12. Meva-sabzavotlarni, oshko‘klarni ko‘p iste’mol qiling.

13. Asab buzilganida olma yeyish, hidini hidlash, olma choy ichish tavsiya etiladi.
14. Asabiylashmaslik uchun har kuni 2 daqiqa sekin yugurish, muntazam jismoniy mehnat qilish, badantarbiya bilan shug‘ullanish zarur.
15. Asab tizimi ishini yaxshilash, uning mustahkamligini oshirish uchun V1, V2, V3 kabi vitaminlarga boy arpa non, qo‘y go‘shti, pishloq, tuxum, karam, baliq, qovoq, ismaloq, olma, asal iste’mol qilib turish maqsadga muvofiqdir.

“Baxtli hayot sari” kitobidan




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 192
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 291
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 158
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 279
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 146
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 171
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar