“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2020, 20:04
ЎЗO‘Z

Islomni qabul qilgan sobiq “killer” bilan suhbat

15 мая, 03:23 3 349 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Islomni qabul qilgan sobiq “killer” bilan suhbat 15 yildan ko‘proq qamoqda o‘tirgan va 2016 yilda shartli ravishda ozod qilingan "Jilka" jinoiy guruhining sobiq yollanma qotili “Snejok” – Aleksey Snejinskiy xotini va ikki farzandi bilan Qozonda yashaydi, islomiy universitetda o‘qiydi, kuniga besh mahal namozni kanda qilmaydi va uning ulkan rejalari bor.

– Qamoqda bo‘lganimda, men Qudratli Zotga sajda qildim. Hayotingizni Qodir Zotga sajda qilish bilan to‘ldirsangiz, yuragingiz tinchlanadi. Siz juda yaxshi va kerakli narsani qilayotganingizni tushunasiz va qilayotgan ishingiz butun olam uchun foydalidir. Va Alloh sizni tark etmaydi, sizga kuningizni to‘ldiradigan vazifalarni beradi, siz haqiqiy hayotda yashaysiz. Zikr qilayotganingizda, sizdan har tomonga shifobaxsh to‘lqin taralayotganga o‘xshaydi.

Dunyoga berilganlar hayotlarini shunchaki hissiy lazzatlar bilan to‘ldiradilar – ular vaqtni o‘g‘irlaydigan o‘yinlar, kompyuter o‘yinlari, yangi telefonlar sotib olish, bemaza filmlarni tomosha qilish, g‘iybat, spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar... Ular o‘z vaqtlarini bo‘sh narsalarga sarflashadi.
Siz hayotingizni kerakli narsa bilan to‘ldiring.

– Hozir nima ish bilan mashg‘ulsiz?
Men ozod bo‘lganimdan so‘ng, avval Qozon ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv markazida ishladim. Keyin mashinani ijaraga olib, taksi xizmatida ishlayapman.

Qolaversa, Qozon Islom Universitetida birinchi kursda sirtdan o‘qiyapman. Keyin men Rossiya Islom institutiga borib, oliy ma’lumot diplomini, iloji bo‘lsa – Bulgar Islom akademiyasiga bormoqchiman. Men doktorlik dissertatsiyasini olishni va biron joyda dars berishni xohlayman.

– Qanday qilib dinga keldingiz?
– Mening qamalganimning ikkinchi yilida to‘satdan jimlik bo‘lib qoldi, qandaydir to‘liq sukunat. Endi meni hech qayerda tergov harakatlariga chaqirishmas edi. Faqat sukunat, sukunat... Bunday lahzada har qanday odam o‘ylay boshlaydi. Hozirgi koronavirus davri ham aqlli odam o‘ylashi kerak bo‘lgan payt.

Bekorchilikdan men zamonaviy amerikalik ilohiyotshunosning kitobini o‘qiy boshladim. Ozodlikda ham dinga qiziqardim, ruhoniylar bilan suhbatlashib turardim, 19 yoshimda Yangi Ahdni o‘qiganman. Ammo o‘sha vaqtda ko‘nglimda bo‘shliq borligidan, hayot bilan vidolashgim ham kelardi.

Men dahshatli ish qildim, chunki menga erkinlik, soxta mardlik hissi yoqdi, o‘sha ishimdan men dunyoning ba’zi imtiyozlariga ega bo‘lishim mumkin bo‘lgan pulim bor edi. Men barcha orzularimni qondirdim. Ammo hukm bilan barchasi tugadi. Va bularning barchasi uchun Xudo oldida juda qattiq javob borligini angladim. Men hayotimning yagona yo‘li Qodir Xudoga qaytishga urinish ekanligini tushundim. Mening orzuim chinakam samimiy edi va men ushbu sayohatni boshladim. Men Injilni o‘qidim, ibodat qilib Xudoga murojaat qildim. Mening sherigim tatar edi, uning Qur’oni karami bor edi.

– Farzandlaringizni diniy ruhda tarbiyalaysizmi?
– Ha, xotinim ham Islomni qabul qilgan. O‘g‘lim ham musulmon, biz bilan birga namoz o‘qiydi. 3 yoshli Kira hali ham kichkina, ammo u ham ortda qolmaslikka harakat qiladi. Biz bolalarni imon ruhida tarbiyalaymiz. Biz bolalarga Qudratli Alloh haqida aytib beramiz. Bolalarga Qur’oni karimdagi hikoyalarini o‘qib beraman.

– Siz baxtlimisiz?
– Albatta, baxtliman. Men baxtning yo‘lini topdim. Agar o‘sha yo‘ldan boradigan bo‘lsam, demak mukammallik yo‘lidan og‘ishmayman. Barchaga baxt va Alloh bilan birga bo‘lishni tilayman.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Qadr kechasi uchun 27 tavsiya 27 мая, 11:09
  • Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (10-qism) 22 noya, 11:14
  • Nafl namoz xonadonimizdagi baraka kalitidir! 30 мая, 20:20
  • Kimligingizni bilishni istaysizmi? 19 fev, 07:30
  • Namozdagi amallar ma’nosi: sajda 18 fev, 15:15
  • Mahbuba rafiqaning 7 vazifasi 20 yanv, 15:39
  • So'nggi yangiliklar
  • Hukumatning propiska qilish tartibiga oid qaroriga o‘zgartishlar kiritildi 25 мая, 19:39 119
  • MIB: Ramazon hayit bayrami arafasida mehr va quvonch ulashildi 25 мая, 19:03 110
  • Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish muddati uzaytirildi 25 мая, 18:35 312
  • MIB munosabatidan: asossiz xabarlarni tarqatish qarzdorlikdan ozod etmaydi 25 мая, 18:33 135
  • 1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? 25 мая, 18:30 481
  • Angliya Premer Ligasi tarixidagi eng yaxshi transferlar aniqlandi 25 мая, 17:57 210
  • Avstriya politsiyasi mamlakat prezidenti karantin qoidalarini buzganligini aniqladi 25 мая, 17:33 178
  • "Ipoteka bank" xodimida koronavirus aniqlandi 25 мая, 17:30 331
  • Xonanda Umidaxon ilk marta o‘g‘li Muhammad Alining suratini muxlislariga ko‘rsatdi 25 мая, 17:10 546
  • O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi 25 мая, 17:04 797
  • Xitoyda bir sutkada 11, Janubiy Koreyada esa 16 kishida koronavirus qayd etildi 25 мая, 16:54 192
  • Zinedin Zidan karantin qoidalarini buzdi 25 мая, 16:22 314
  • Bo‘limlar