“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 13:41
ЎЗO‘Z

Farg‘onada internet-nashr xodimiga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 мая, 20:59 2 467 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada internet-nashr xodimiga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Avvalroq 13 may kuni soat 19:00 larda «Effect.uz» sayti xodimi G‘iyosbek Eshov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida hujumga uchragani haqida xabar berilgan edi. Nashr muxbiri Elyor Tojiboyev hujum Quva tumani hokimligi tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkiligini ma’lum qilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ushlangan.

Qayd etilishicha, internet-nashr xodimi Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchraganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu voqea yuzasidan Hayot Shamsutdinov avvalroq ham rasmiy munosabat bildirib, mazkur holat nazoratga olinganini ma’lum qilgandi.

«‘Effect.uz’ saytining xodimi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragani holati yuzasidan tuman IIB va prokuraturasi bilan hamkorlikda tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tekshirish natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi», — deyilgandi Hayot Shamsutdinovning xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • So'nggi yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 94
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • Bo‘limlar