“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 16:45
ЎЗO‘Z

Behzod Musayev bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishi kutilmoqda

13 мая, 14:39 4 242 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Behzod Musayev bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishi kutilmoqda Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
«Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirovning xabar qilishicha, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Behzod Musayev nomzodini ma’qullagan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov bu ma’lumotni tasdiqlagan.
U ayni paytda siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan hukumatdagi yangi tayinlovlar masalasi ko‘rib chiqilayotgani, ushbu nomzodlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ma’qullanishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ham Behzod Musayev yuqori lavozimga ko‘tarilayotganini tasdiqlagan.
Behzod Musayev 2018 yilning mayida Botir Parpiyev o‘rniga DSQ raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan, o‘sha yilning dekabrida ushbu lavozimga rasman tayinlangandi.

Qonunchilikka ko‘ra, parlament tomonidan ma’qullangan hukumat a’zosi nomzodi O‘zbekiston prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga 2018 yilning mayida Aziz Abduhakimov tayinlangan, 2019 yilning avgustidan u faqat ta’lim-tarbiya, turizm va sport masalalari bilan shug‘ullanishi ma’lum qilingan, 2020 yilning yanvarida esa Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

Shu tariqa, bosh vazir o‘rinbosarlari soni 5 nafarga yetmoqda:
Behzod Musayev, bosh vazir, o‘rinbosar




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 0
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 99
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 344
  • So'nggi yangiliklar
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 20
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 62
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 110
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 169
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 202
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 68
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 385
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 99
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 120
  • Bo‘limlar