“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2020, 17:01
ЎЗO‘Z

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytish uchun imkoniyat izlamoqda

13 мая, 04:00 2 808 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytish uchun imkoniyat izlamoqda Rossiyaning Samara viloyatida, Qozog‘iston chegarasidan bir necha 10 km masofada bo‘lib turgan taxminan 800 nafar O‘zbekiston fuqarosi prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya politsiyasi ularni Stavropol tumani, Mastryukovo raz’ezdida (murojaatchilar tilida Mashtrikovo) ushlab turibdi. Ya’ni hududni tark etishga ruxsat bermayapti.

Buning sababi sifatida Qozog‘iston tomoni o‘zbekistonliklarni qabul qilmayotgani aytilmoqda.
Kun.uz muxbiri gaplashgan o‘zbekistonlik fuqaroning aytishicha, ular turgan joyda yashash imkoniyati yo‘q, yegulik va ichimlik suvi haddan ortiq qimmat. Arzonroq do‘konlardan borib mahsulot xarid qilish imkoni mavjud emas. Chunki politsiya hududni tark etganlarni karantin chorasini buzgan deb topib, 4 ming rubl jarimaga tortmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videomurojaatda aytilishicha, chegaraga yaqin hududda 200-300 atrofida yengil mashina to‘planib qolgan. Ularning har birida 4 kishidan bo‘lganda ham 800-1200 kishi saqlanmoqda.

Ular ortga qaytish chorasini ham qila olishmayapti, chunki aksariyati Moskvadan kelgan bo‘lib, shaharga qayta kiritilmasligi aniq. Tunab yoki yashab turishga esa boshqa joylari yo‘q.

Murojaatchilarga ko‘ra, ular chegara yopiqligini bilgan holda yo‘lga chiqishgan. Bunga, Moskva shahridagi vaziyat tobora yomonlashib borayotgani sabab bo‘lgan. Ular O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan amaliy yordam berishini so‘rar ekan, O‘zbekistonda tashkil etilgan karantin hududlarida 14 kun qolishga ham roziliklarini izhor qilishmoqda. Shu bilan birga, ularning ta’kidlashicha, ular yollagan transport vositalariga ruxsat berilishi bilan ortiqcha xarajatlarning oldi olingan bo‘lar edi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Zominda sel oqizib ketgan opa-uka voqeasiga oid qo‘shimcha ma’lumot berildi 02 мая, 13:41
  • TIV o‘zbekistonlik migrantlarning sharoitini yaxshilash bo‘yicha Rossiya bilan muzokara o‘tkazmoqda 27 yanv, 08:46
  • Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik qullikka tushib, u yerdan qochishga muvaffaq bo‘ldi 09 okt, 06:00
  • TIV Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mojaroga izoh berdi 13 iyul, 22:45
  • Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi 18 yanv, 20:43
  • O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida o‘zgarishlar bo‘ladi 23 mar, 16:46
  • So'nggi yangiliklar
  • 2021 yilda O‘zbekiston koronavirus bilan kurashish uchun 290 million dollar ajratadi 20 okt, 16:55 1
  • AQSHda har 10 xodimdan 9 nafari uyda ishlashni afzal ko‘rmoqda 20 okt, 16:23 1
  • Shipilov: “Metallurg”ning xohlagan futbolchisidan so‘rang, men umuman vaqtni cho‘zish borasida ko‘rsatma bermayman va bermaganman ham" 20 okt, 15:50 57
  • 60 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi 20 okt, 15:20 117
  • “Toyota”dagi telefon “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi 20 okt, 14:50 177
  • O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi 20 okt, 14:14 217
  • Shomurodovning A Seriyadagi debyuti qanday o‘tdi? (video) 20 okt, 13:53 554
  • Sadir Japarov hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi bo‘yicha oqlandi 20 okt, 13:20 334
  • Baxtiyor Ashurmatov: “Surxon” jamoasi shunday kuchli tarkib bilan autsayderlar qatorida bo‘lishi kutilmagan xolat deb o‘ylayman” 20 okt, 12:45 234
  • Mutaxassis koronavirusga qarshi immunitetni mustahkamlash yo‘llari haqida ma’lum qildi 20 okt, 12:10 556
  • Giyohvandlik umr zavoli 20 okt, 11:35 248
  • Podagra: buyrakni ishdan chiqaruvchi bo‘g‘imlar kasalligi haqida nimalarni bilish kerak? 20 okt, 11:00 357
  • Bo‘limlar