“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:37
ЎЗO‘Z

Olimlar koronavirus qurboniga aylanish ehtimolligini hisoblovchi «o‘lim kalkulyatori»ni yaratdi

12 мая, 18:52 2 383 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar koronavirus qurboniga aylanish ehtimolligini hisoblovchi «o‘lim kalkulyatori»ni yaratdi Foto: EPA
Polshalik olimlar koronavirus bilan kasallanish holatida o‘lim ehtimolligini hisoblovchi kalkulyatorni yaratdi. Bu haqda Boltiqbo‘yi ilmiy-texnologik parki vakili Magdolena Malara-Shvitonskayaga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur «insonning yoshi va jinsini, shuningdek, asosiy to‘rt turdagi surunkali kasalliklarga oid ma’lumotlarni hisobga oladi».
Kalkulyator tomonidan hisobga olinadigan surunkali kasalliklar — yurak qon-tomir kasalliklari, qon bosimining oshishi, qandli diabet va onkologiya.

«COVID-19 qurboniga aylanish xavfi insonning yashash tarzi va undagi kasalliklar, xususan, semizlik, diabet, gipertoniya va uning asoratlariga bog‘liq. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, surunkali kasallikdan aziyat chekmagan insonlar orasida koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holati bir foizdan kamroqni tashkil etadi», — deydi kalkulyatorning asosiy dasturchisi, tibbiyot fanlar doktori Pyotr Bandosh.

Kalkulyator testdan o‘tkazilgan vaqtda shuni ko‘rsatdiki, hech qanday surunkali kasallikka ega bo‘lmagan 30 yoshli erkakning koronavirus qurboniga aylanish ehtimolligi 0,03 foizga teng, ayollarda esa ushbu ko‘rsatkich — 0,02 foiz. Qandli diabet va onkologik kasallikdan aziyat chekuvchi 80 yoshli erkakning o‘lim ehtimolligi 25,86 foizni tashkil etgan bo‘lsa, shu yoshdagi ayollarda mazkur ko‘rsatkich — 14,03 foizga teng.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 47
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 400
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 76
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 74
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 86
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar