“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:05
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi

12 мая, 13:08 2 983 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi O‘zbekistonda elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va qoplash tartibini belgilovchi qonun qabul qilindi, deb xabar qildi Markaziy bank.

To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonuni asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020 yil 29 aprelda 3231-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi", - deyilgan xabarda.
Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, elektron pullar muomalasi, elektron pullar tizimida risklarni boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.

Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko‘p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to‘langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.

O‘zbekistonda elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarining ayrim jihatlari:

O‘zbekistonda, elektron pullar tizimining yaratilishi hisob-kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy IT va texnologik yechimlarga asoslangan holda to‘lovlarni tezkor va qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek mahalliy elektron pul tizimlarining xorijiy elektron pul tizimlariga integratsiya qilinishiga shart-sharoit yaratiladi, - deyilgan Markaziy bank xabarida.

Bugungi kunda dunyoda eng keng tarqalgan elektron pullar tizimlari bu: WebMoney, PayPal, ApplePay, SamsungPay va boshqalar. Rossiyada eng ommaviy elektron pullar bu Sberbank Onl@yn, YandeksDengi, QIWI va boshqalar.
elektron pullar, O‘zbekiston




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 73
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 217
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar