“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:06
ЎЗO‘Z

Xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar nega IT sohasini tanlayotganlarini oshkor qilishdi

11 мая, 18:15 3 568 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar nega IT sohasini tanlayotganlarini oshkor qilishdi Xorijda yashaydigan vatandoshlarimiz orasida IT sohasini tanlayotganlar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Zamonaviy sohani tanlagan vatandoshlarimizdan biri Suhrob Shodiyorov. Asli Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanidan bo‘lgan Suhrob Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Yurtimizda bir qator davlat idoralarida faoliyat yuritgan suhbatdoshimiz 2017 yilda tahsil olish va ishlash uchun AQSHga ketadi. Onlayn suhbatimiz jarayonida undan nega aynan IT sohasini tanlagani va kelajakdagi rejalari haqida so‘radik.

- Sizni bu sohaga nima yetaklab keldi? Yuqori daromadmi yoki bolalikdagi orzu?
- IT sohasiga 2015 yildan buyon qiziqaman, ishdan bo‘sh vaqtlarimda soha yangiliklarini kuzatib turardim. AQSHga kelganimga ikki yil bo‘lganda ijtimoiy tarmoqda My IT Education o‘quv markazi asoschisi Jon Toshmatov bilan tanishib qoldim. O‘quv markazining saboq berish uslubi bilan tanishganimdan so‘ng, bu men uchun yaxshi imkoniyat ekanini tushundim va o‘rganishga qaror qildim. IT sohasi iqtisodiy barqaror va erkin bo‘lish imkonini beradi. Moliyaviy erkin bo‘lishni xohlaganim uchun ham shu sohani tanladim.

- My IT Education 4 yillik tahsil muddatini 6 oygacha qisqartirgan deyishadi, bu rostdan ham samarali usulmi?
- AQSHda biror bir sohani egallashingiz uchun 4 yil o‘qish talab etiladi. Buning uchun 50-70 ming dollar atrofida talabalik krediti beriladi va siz bu kreditni yillar davomida to‘laysiz. Bu amerikaliklar uchun oddiy hol. Lekin chetdan o‘qish yoki ishlash uchun kelganlar bu imkoniyatdan kamdan-kam holatlarda foydalanadiladi. Olti oylik kursda esa hozirgi kunda ko‘proq foydalanilayotgan va ishlatilayotgan IT materiallari asosida o‘quv rejasi ishlab chiqilgan. Ya’ni, shart bo‘lmagan kitob va materiallarga vaqt ajratmaysiz.

- IT sohasini orzu qiladigan, lekin ayrim sabablarga ko‘ra ikkilanib turgan o‘zbek yoshlariga nimalar degan bo‘lardingiz?
- Bizda IT sohasida markazlashgan o‘qitish yoki o‘qish istagidagi yoshlarga ma’lumotlar bazasi yaratilmagan. Yoshlarga soddalashtirilgan tarzda qadamma-qadam o‘rgatish va ma’lumotlar olish imkoni bo‘lgan bepul server yaratish lozim. Shundagina jahonda IT sohasi bo‘yicha bemalol raqobat yarata olishimiz mumkin. Hozirgi kunda Jon Toshmatov tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar ijobiy samara beradi deb o‘ylayman.

- Ayni paytda qayerda faoliyat yurityapsiz?
- Hozirgi kunda shartnoma asosida My IT Education tomonidan yaratilayotgan loyiha ustida ishlamoqdaman. Bu aynan yoshlarga IT sohasida ko‘mak berishga mo‘ljallangan loyihalardan biri. Men bu yerga kelganimda dasturlash bo‘yicha hech narsa bilmasdim. Shu yerda o‘qib, qisqa vaqt davomida mustaqil ravishda bir qator kichik loyihalarni ham ishlab chiqdim.

- Kelgusi rejalaringiz? O‘zbekistonga qaytasizmi?
- Albatta, yaqin 3-4 yilda vatanimga qaytishni reja qilganman. Bu yerda tajriba orttirib qaytgandan so‘ng IT sohasini rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilganman. Orzuim, bir marta bo‘lsa ham dunyoda IT musobaqalarida g‘alaba qozonish.

- O‘zbek yoshlariga karantin paytida vaqtini unumli o‘tkazish bo‘yicha qanday tavsiyalar berasiz?
- Hozirgi kunda ko‘pchilik vatandoshlarimiz uyda o‘tiribdi. Lekin dasturchilar uchun masofadan ishlash muammo tug‘dirmaydi. Vatandoshlarimizga IT sohasini tanlasangiz, hayotingiz o‘zgaradi, qayerda bo‘lmang, doimiy ishga ega bo‘lasiz degan bo‘lardim. Buning uchun qattiq mehnat va sabr talab etiladi. Agar siz to‘g‘ri yo‘lda bo‘lsangiz, albatta IT o‘z samarasini beradi.

Dilfuza Sobirova suhbatlashdi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 325
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 212
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 487
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 330
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 359
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 438
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar