“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 19:24
ЎЗO‘Z

Senat YEOIIga «kuzatuvchi davlat» maqomida qo‘shilishni ma’qulladi

11 мая, 13:20 2 268 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senat YEOIIga «kuzatuvchi davlat» maqomida qo‘shilishni ma’qulladi Senat O‘zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida «kuzatuvchi davlat» maqomida ishtirok etishi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorni ko‘pchilik ovoz bilan tasdiqladi. Bu haqda yuqori palata saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hisob-kitoblar Senat qo‘mitalari va maxsus ishchi guruhi yig‘ishlarida yetakchi ekspert va mutaxassislarning ishtirokida chuqur tahlillar asosida muhokama qilingan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shahar Kengashlari tomonidan ham muhokama qilingan.

«Yalpi majlisda ham ushbu masala qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi», deyiladi xabarda.

YEOII doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tarafdorlarining fikriga ko‘ra, ushbu tashkilot bilan hamkorlik tashqi savdo hajmining o‘sishi, mamlakatimizda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klasterlar, sanoat va savdo zonalarini tashkil etishda mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini YEOIIga a’zo davlatlarga bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirmasdan eksport qilish imkoniyati yaratiladi.

Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, YEOII bilan hamkorlik transport-kommunikatsiya va yuklar tranziti sohasidagi manfaatlariga ijobiy ta’sir qiladi. YEOIIga a’zo davlatlarda o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizga keng imkoniyat yaratadi.

Qarshi ovoz bergan senatorlar iqtisodiyotimizning qator tarmoqlarida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi, muayyan darajada ish o‘rinlarining yo‘qotilishi, investitsiya faoliyati va sanoat modernizatsiya jarayonlarining sustlashishiga olib kelishi mumkinligini bildirdi.

Shuningdek, muayyan davrda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari narxlarining oshishi, ularning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir qilishi hamda ichki bozorda import mahsulotlari hajmi ko‘payishini ham ta’kidlashdi. Bundan tashqari, respublikaning savdo saldosi va to‘lov balansi holati yomonlashishi xavfi borligi qayd etildi. Mamlakatimiz manfaatlari uchun Jahon savdo tashkilotiga a’zolik masalasi dolzarbroq ekanligi ham aytib o‘tildi.

Yakunda senatorlar O‘zbekiston Respublikasining YEOIIga «kuzatuvchi davlat» maqomida qo‘shilishni ma’qulladi. Xabar qilinishicha, 16 nafar senator qarshi ovoz bergan, 4 nafari esa betaraf qolgan.
kuzatuvchi davlat, YEOII, O‘zbekiston




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 104
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 210
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 132
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 75
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 215
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 0
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 1
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 14
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 81
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 30
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 90
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 123
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • Bo‘limlar