“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 23:46
ЎЗO‘Z

"Karantindan keyin ham futbolga ruxsat berilishi aniq emas..."

10 мая, 12:12 2 236 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Karantindan keyin ham futbolga ruxsat berilishi aniq emas..." Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sekin-asta yumshatilmoqda. Birin-ketin virusdan forig‘ bo‘lgan viloyatlarda hayot avvalgidek bo‘la boshlayapti. Bu esa futbol bahslari ham ozgina vaqtdan so‘ng boshlanib qolishini anglatadi.

Ayrim davlatlar ligalarni to‘xtagan holatida tugatmoqda, ba’zilar mavsumni yakunlab qo‘ymoqchi va hokazo. Xo‘sh, bizdachi? Bizda bu jarayon qanday kechadi? Endigina boshlangan Superliga ma’lum vaqt muxlislarsiz o‘tishi aytildi xolos.

Qolgani taxminan qanday bo‘lishini bilish maqsadida mutaxassislarga yuzlandik. “Sport” telekanali translyatsiya rejissyori Jamoliddin Bobojonov savollarimizga javob berdi.

- Karantindan keyin o‘zbek va xorij futbolini qanday tasavvur qilasiz? O‘zgarishlar bo‘lishi mumkinmi?
- Aniq bir fikr bildirish qiyin. Chunki karantinning qachon tugashi juda muhim. Masalan, Yevropa mamlakatlari chempionatlarni aprelning boshlari yoki oxirgi haftasiga, undan so‘ng may oyining dastlabki 10 kunligidan davom ettirishni rejalashtirgandi. Agar vaziyat shu oyning oxirigacha o‘nglanmasa, savollar ko‘payadi. Ya’ni futbol o‘tkaziladimi, shunday bo‘lsa qaysi sanalarda, yangi mavsumgacha tugatiladimi vahokazo. Bu savollarga javob yo‘q. Sababi karantin tugagandan keyin ham futbolga ruxsat berilishi hali aniq emas.

Karantindan keyin futbol, albatta, o‘zgaradi. Yuqorida sanab o‘tganlarimning o‘zi bir misol. Iqtisodiyotda ham krizis boshlanadi. Futbol inson yashashi uchun birlamchi vosita emas. Agar kerak bo‘lsa birinchi navbatda futboldan voz kechiladi.

Yevropa qit’asida millionlar o‘yini tezroq tiklanadi. Boshqa joylarda jarayon sal og‘irroq kechishi mumkin. Lekin umid qilamanki, uzog‘i ikki yilda futbol ham, hayot ham karantingacha bo‘lgan holatiga qaytadi.

- Superligani endi qanday o‘tkazishni taklif qilasiz?
- May oyida karantin butunlay tugatilsa ham hukumat ommaviy tadbirlarga ruxsat bermasligi yoki odamlar to‘planmasligi uchun futbol muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin. Bu holat bizning futbolimizga katta yo‘qotish bo‘lmaydi. “Navbahor”, “Andijon” va bir nechta klublarimizning ishqibozlarini aytmasa, boshqalar bilan maqtana olmaymiz. Lekin 3-5 ming bo‘lsa ham muxlis stadionga tashrif buyurardi.

Ko‘p ehtimol yoz oylarida futbolni tiklaganimiz bilan o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkaziladi. Bunday paytda klublarga maydonning aloqasi yo‘q. Tomoshabinlar kelmagandan keyin “Navbahor” Namanganda o‘ynashi shartmas, deb o‘ylayman. Superliganing ma’lum bir qismini yoki muxlislarning kelishiga ruxsat berilgunga qadar uchrashuvlarni Toshkent va Toshkent viloyatida tashkil etish mumkin. Bunda jamoalarga yengillik bo‘lardi. Chunki viloyatlararo transportlar harakati tiklanmagan. Xavfsizlik nuqta’i nazardan kelib chiqib aytdim. Yakuniy qarorni PFL chiqaradi.

Futbol muxlislarsiz bo‘lsa-da, tezroq tiklangani yaxshi. Chunki o‘yinchilar sport formasini tiklab olishi lozim. Qolaversa, kuzda Osiyoda terma jamoalarning muhim uchrashuvlari boshlanishi mumkin. Ungacha esa biz, albatta, futbolimizni yetkazib olishimiz shart. Qancha tez boshlasak, shuncha yaxshi.

- Yevropada futbol chempionatlarining davom etishi ko‘proq pulga bog‘liqmi yoki chempionni aniqlashga?
- Nazarimda, ikkilasiga ham. Chunki kuchli beshlikda pul masalasida ayniqsa, APL juda katta shartnomalarga ega. Agar mavsum davom ettirilmasa, oqibati nima bo‘lishini bilmayman. Mutasaddilar biror yechim topadi. Ko‘p ehtimol mavsum davom ettiriladi.

Tasavvur qiling siz dehqonsiz. Shartnoma asosida kimgadir 100 tonna mahsulot yetkazib berishingiz kerak. Siz uning 70 tonnasini bergansiz, lekin kelishuv 100 tonnaga. Siz undan shuncha mahsulotga pul olib qo‘ygansiz va keyingi ishlarni mo‘ljallagansiz. Xaridor ham ishlarini rejalashtirgan. Shuning uchun pul juda muhim omillardan biri.

Eng muhimi, kimningdir ko‘nglini qoldirmaslik kerak. Fransiya, Niderlandiya chempionati to‘xtatildi. Katta ehtimol bilan mavsum davom ettirilmaydi. Chempionni va boshqa o‘rinlarni aniqlash klublarning o‘zida qolgani yaxshi. Sport prinsiplariga asoslanib, muammoni hal etgan ma’qul. Qanaqa formatdaligidan qat’i nazar uchrashuvlarni davom ettirish lozim. Lekin hozir dunyo shunday holatdaki, har qanday qarorni qabul qilamiz. Agar Angliyada ham karantin davom etsa, futbol o‘ynashning iloji yo‘q. Mana shu noma’lumlik nafaqat futbolda, balki hammaning hayotida muhim rol o‘ynayapti.

- Chempionatlarda chempionni kay tarzda aniqlash kerak, deb hisoblaysiz?
- Chempionni, albatta, o‘yinlar, yig‘ilgan ochkolar bilan aniqlash kerak. Bu eng adolatli yo‘l. Qanaqadir qur’a, hozirgi o‘rinlarga qarab o‘yinlar to‘xtatilsa, e’tirozlar ko‘payadi. Agar o‘yinlar o‘tkazishning imkoni bo‘lsa, buni amalga oshirish darkor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 82
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 24
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 166
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 136
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 0
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 81
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 206
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Bo‘limlar