“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:14
ЎЗO‘Z

Ayol kishi o‘z eriga nima deb murojaat qilishi kerak?

10 мая, 03:00 23 265 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ayol kishi o‘z eriga nima deb murojaat qilishi kerak? Savol:
Yoshligimizda kattalar ayrim ishlarni "yomon bo‘ladi", deb qaytarishardi. Keyin bilsak, ular dinimizda harom va makruh bo‘lgan amallardan qaytarishgan ekan. O‘zlarining amal qilishlariga o‘sha "yomon bo‘ladi" yetarli bo‘lgan ekan. Bugun ana shunday "yomon bo‘ladi"gan ishlardan birining hukmini ko‘rib qoldim. Qizig‘i bunday oddiy masalaga aqli va fikri o‘tkir fuqaholarimiz Qur’oni karimdan ham dalil olishgan ekan.
Mana o‘sha masala:
Savol: Erni ismini aytib murojaat qilishning hukmi nima?
Javob:
"Durrul muxtor"da shunday deyiladi: "Ayol erini ismi bilan chaqirsa makruh bo‘ladi". Buni sharhlab Ibn Obidiyn rahimahulloh o‘z "Hoshiya"larida shunday yozadilar: "Erga murojaat qilishda hurmatlashni ifodalaydigan "xo‘jayin" yoki shunga o‘xshash lafz ishlatish lozim. Usmon ibn Ato o‘z otasidan rivoyat qiladi: Said ibn Musayyibning xotinlari: "Bizlar erlarimizga, sizlar amirlaringizga so‘zlaganingizdek so‘zlar edik, Alloh isloh qilgur, ofiyat bergurlar", degandilar.

Ummu Dardo Jahmiyya erlari Abu Dardo roziyallohu anhudan hadis rivoyat qilsalar: "Menga sayyidim (xo‘jam) hadis aytdilar", deb boshlar edilar.

Imom Navaviy "Sahihi Muslim"ning sharhida: "Menga Ummu Dardo hadis aytdi: "Menga xo‘jam hadis aytdi", degan joyini shunday izohlaydilar: "Ya’ni, "xo‘jam"dan murod erlari Abu Dardodir. Bundan ayol erini xo‘jam, (yo xo‘jayinim) deyishi joiz ekani bilinadi". Bunga o‘xshash narsa Qur’onda ham bor. "Eshik oldida u(xotin)ning xo‘jayiniga duch kelishdi" ("Yusuf" surasi, 25-oyat). "Xo‘jayini" - eri degani".

Alloh oldingi ayollarni rahmat qilsin! Ummatga ulardan yaxshi o‘rinbosarlar qoldirsin!

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 309
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 208
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 472
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 313
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 348
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 424
  • So'nggi yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 11
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 90
  • Bo‘limlar