“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 17:11
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi sobiq «GUM» sotuvga qo‘yilmoqda

09 мая, 10:30 3 493 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi sobiq «GUM» sotuvga qo‘yilmoqda Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrida bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilish asosida ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha farmoyishi qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Chorsu maydoni, 3a-uy manzilidagi “Toshkent savdo markazi” MCHJga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan savdo markazining bino va inshootlarini belgilangan tartibda ommaviy savdolar orqali sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan jalb etilgan baholash tashkilotining hisobotiga ko‘ra, ob’ekt 303,5 mlrd so‘mga baholangan hamda mazkur baholash hisoboti ekspertiza natijasiga asosan haqqoniy deb topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ob’ektning 303,5 mlrd so‘m miqdoridagi boshlang‘ich narxda “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilishini ta’minlaydi.

Bunda ob’ekt ikki oy davomida “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasida sotilmagan taqdirda, uni sotish Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov va Toshkent shahar hokimi J.A. Ortiqxo‘jayev zimmasiga yuklandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 0
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Bo‘limlar