“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 22:41
ЎЗO‘Z

Ro‘za organizmni mikroblardan tozalaydi

09 мая, 07:30 2 784 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘za organizmni mikroblardan tozalaydi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ro‘za tuting – salomat bo‘lasiz», — deganlar.
Ro‘zaning ahamiyati va foydalari haqida ko‘plab tahlillar, tadqiqotlar olib borilgan.

Xususan, rossiyalik olimlar, professor Nikolayev va Nilovlar 1967 yilda shunday yozishgan edi: «Shaharlarda ekologiyaning yomonlashuvi tufayli, salomat bo‘lish, shlaklar va ortiqcha yog‘lardan tozalanish uchun inson bir yilda kamida uch, ko‘pi bilan to‘rt hafta davomida och bo‘lishi kerak».

Ochlik organizm uchun kuchli zarba bo‘lib, bunda organizmning himoya kuchlarida ulkan impuls yuz beradi.

Bizning organizmimiz shunday yaratilganki, tashqaridan oziq modda kelmay qolsa, uning barcha kuchlari organizmdan shlaklar, kasal to‘qimalar va zararli mikroblarni chiqarib tashlab, uni tozalashga sarflana boshlaydi. Ehtimol, bundan 1400 yil avval musulmonlarga farz qilingan ro‘zaning hikmati ham ana shundadir. Ilm-fan esa ochlikning organizm uchun foydali ekani haqida o‘n to‘qqizinchi asrga kelibgina gapira boshladi.

Bugungi kunda biror bir kasallikning davosini yo davolovchi ochlik, yo parhez, yoki u-bu mahsulotlarning iste’moli cheklanganisiz tasavvur qilish qiyin.

Izlanuvchilar ro‘zaning organizmni tozalashning va hatto o‘smalarni boshlang‘ich bosqichida bartaraf qila oladigan ajoyib kuchini eksperimental isbot qilishdi.

Xususan, Bertlou shunday yozadi: «Shubhasiz, ro‘za organizmni mikroblardan tozalashda ta’sirli ahamiyatga ega».

Olimlar ochlarni kuzatishar ekan sog‘lig‘ining tushuntirib bo‘lmas yaxshilanayotganini va har-xil kasalliklardan tuzalayotganini payqashgan. Ular tomonidan Ramazon oyida ovqatdan tiyilish qonda xolesterin miqdorini kamaytirishi isbotlangan, qaysiki bu o‘z navbatida «XX-asrning qotili» deb nom olgan yurak ishemik kasalligi xavfini pasaytiradi. Va bu olimlar shunday fikrga kelgan yagona holat emas. Butun dunyo bo‘ylab har-xil izlanuvchilar tomonidan bir-biridan alohida holda inson organizmi uchun ro‘zaning foydasi haqida so‘zlovchi ajoyib xulosalar qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 140
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 116
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 135
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 117
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 122
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 238
  • So'nggi yangiliklar
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 9
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 25
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 332
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 113
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 21
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 77
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 142
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 313
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 65
  • Bo‘limlar