“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2024, 00:31
ЎЗO‘Z

Davron Fayziyev: APL rahbarlarining qo‘rquvi va Superliga qachon boshlanishi haqida

08 мая, 18:18 2 681 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davron Fayziyev: APL rahbarlarining qo‘rquvi va Superliga qachon boshlanishi haqida Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sekin-asta yumshatilmoqda. Birin-ketin virusdan forig‘ bo‘lgan viloyatlarda hayot avvalgidek bo‘la boshlayapti. Bu esa futbol bahslari ham ozgina vaqtdan so‘ng boshlanib qolishini anglatadi.

Ayrim davlatlar ligalarni to‘xtagan holatida tugatmoqda, ba’zilar mavsumni yakunlab qo‘ymoqchi vahokazo. Xo‘sh bizdachi? Bizda bu jarayon qanday kechadi? Endigina boshlangan Superliga ma’lum vaqt muxlislarsiz o‘tishi aytildi xolos.

Qolgani taxminan qanday bo‘lishini bilish maqsadida mutaxassislarga yuzlandik. O‘FA matbuot xizmati rahbari va “Futbol TV” telekanali sharhlovchisi Davron Fayziyev savollarimizga javob berdi.

- Karantindan keyin o‘zbek va xorij futbolini qanday tasavvur qilasiz? O‘zgarishlar bo‘lishi mumkinmi?
- Bunaqa qattiq stressdan keyin futbol ham ancha vaqt o‘ziga kela olmaydi. Bu birinchidan muxlislarga ta’sir qiladi. Chunki virus o‘zidan-o‘zi kamayib qolmayapti. Demak, ishqibozlar birdaniga stadionda paydo bo‘lib qolmaydi. Dastlab muxlislarsiz futbol, tomoshabinlarga ruxsat berilganidan keyin ma’lum bir darajada chegirmalar qo‘llaniladi. Xullas muxlislik borasida futbol ko‘p narsa yo‘qotadi va yaqin vaqt ichida o‘ziga kelishi qiyin. Bu gap ham xorij, ham o‘zbek futboliga tegishli.

Lekin bu davr o‘tib ketadi. Vaqti kelib, biz biladigan, biz sog‘ingan, muxlislar uchun bayram tarzidagi futbolga qaytamiz. Balki bunga bir yil vaqt ketar. Mayli unga qancha vaqt talab etilsa ham. Lekin yakunda odatiy futbolga qaytamiz.

- Superligani endi qanday o‘tkazishni taklif qilasiz?
- Hammasi yurtimizdagi vaziyatga va O‘zbekiston hukumatining qarorlariga bog‘liq. Ya’ni karantinning tugatilishi, ommaviy, sport tadbirlariga ruxsat berilishiga. Biz taklif bildirishimiz mumkin. Biroq barchasi qonun doirasida qilinadi. Shu bois bu borada taxmin qilmagan bo‘lardim.

Lekin o‘ylashimcha, virus tarqalishi to‘xtatilgandan so‘ng ma’lum bir vaqt o‘tgach, mashg‘ulotlarga klublarni qaytargandan holda bir oydan keyin sekin-sekin muxlislarsiz o‘yinlar boshlansa kerak. Yevropaning ba’zi bir davlatlari ana shunday reja tuzmoqda.

- Yevropada futbol chempionatlarining davom etishi ko‘proq pulga bog‘liqmi yoki chempionni aniqlashga?
- Bunda har bitta chempionat individual yondoshadi. Masalan, Italiyada chempionni aniqlash va o‘yinlar o‘tkazish kerak. Hozir mana shu joyda A seriyani tugatib turib, chempion aniqlansa, ayrim klublarning katta e’tiroziga sabab bo‘ladi. Shuning uchun Italiya boshqa ligalardan ko‘ra deylik, Fransiya, Germaniya, Angliya kabi yaqqol lideri borlardan farqli ravishda mavsumni davom ettirmoqchi.

O‘ylaymanki, bu to‘g‘ri qaror. Fransiya, Niderlandiya, Belgiya shoshdi. Ozgina kutganda, bilki vaziyat ijobiy hal etilardi. Biroq ular ichki birinchilikni taqa-taq to‘xtatishga qaror qilishdi. Italiya esa aksincha, A seriyani davom ettirishga birinchi qadamlarni tashlamoqda. Individual mashg‘ulotlar bazada, maydonda qilish mumkin degan qarorlar chiqmoqda. Shuning uchun bu chempionni aniqlashga ham bog‘liq.

Lekin ayrim ligalarning shartnomalari bor. Katta pul yo‘qotadi. Ayniqsa APL. Garchi Angliya birinchilikni hozir to‘xtatib, “Liverpul”ni chempion, deb e’lon qilsa hech kim e’tiroz bildirmasa-da, inglizlar mavsumni davom ettirish niyatlari bor. Ular bu borada reja tuzishgan. Negaki, Angliyada chempionatlarning davom etishi pulga bog‘liq. APL rahbarlari katta pul yo‘qotishdan cho‘chishsa kerak.

- Chempionatlarda chempionni qay tarzda aniqlash kerak, deb hisoblaysiz?
- Yuqoridan aytib o‘tdim, har bir ligada vaziyat turlicha. Ya’ni bazi chempionatlarda yaqqol yetakchilar bor. Jamoalar o‘rtasidagi farq juda katta. Ana shu birinchiliklarda mavsumni to‘tatish kerak bo‘lsa, chempion aniqlansa to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq tengma-teng har bitta pozitsiyalar uchun kurash kechayotgan chempionatlarni kelgan joyidan natijasini chiqarib qo‘yish noto‘g‘ri. Vaziyatga qarash kerak. Shaxsiy fikrimni aytsam, chempionatlarni davom ettirilishining tarafdoriman. Mayli o‘yinlar iyul, avgustgacha cho‘zilar, lekin mavsumni tugatib qo‘yish kerak, deb o‘ylayman.
Davron Fayziyev, Superliga




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ispanlar Fayzullayevga e’tibor qaratdi... 17 apr, 00:30 0
  • SSKA Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Baltika”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 17 apr, 00:04 0
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 211
  • Malayziya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni yutish uchun eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz shart" 16 apr, 20:20 88
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 99
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 2
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 21
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 70
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 65
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 51
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 37
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 110
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 211
  • Malayziya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni yutish uchun eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz shart" 16 apr, 20:20 88
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 99
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 269
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 198
  • Bo‘limlar