“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2020, 20:05
ЎЗO‘Z

Britaniya hukumati iyuldan aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni to‘xtata boshlaydi

06 мая, 21:04 797 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Britaniya hukumati iyuldan aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni to‘xtata boshlaydi Foto: Sputnik / Aleks Maknoton
Buyuk Britaniya hukumati iyuldan pandemiya sababli vaqtincha ishsiz qolgan aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni to‘xtatishni boshlaydi. Bu haqda The Times gazetasi xabar berdi.
Nashrning ma’lumot berishicha, bu borada mamlakat moliya vaziri Rishi Sunak kelasi haftada rasmiy bayonot beradi.

Britaniya vazirlar mahkamasi mart oyida pandemiya sababli faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgan korxonalar ishchilariga maosh to‘lanishini ta’minlashi haqida e’lon qilgandi. Mamlakat hukumati ularga maoshining 80 foizini, ammo bir kishiga bir oyda 2,5 ming funt sterlingdan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ to‘lanishini ta’minlaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda majburiy ta’tilga chiqarilgan 6,3 mln xodim davlatdan to‘lov olmoqda. Ushbu dastur uchun dastlabki bir oyda sarflangan mablag‘ 8 mlrd funt sterlingdan (qariyb 10 mlrd dollar) oshib ketgan.

Nashrning yozishicha, mamlakat moliya vazirligi iyulda karantin sababli ishsiz qolgan britaniyaliklar uchun to‘lovning maksimal miqdorini pasaytirishni rejalashtirmoqda. O‘sha paytga kelib 23 martda kiritilgan cheklov choralari bekor bo‘lishi va ko‘pchilik ishga qaytishi kutilmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 196 mingdan oshgan, 30 mingga yaqin kishi vafot etgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Byudjetni oson yuritish uchun 4 ta maslahat 22 мая, 21:13
  • Moliyaviy yostiqcha nima uchun kerak? 20 мая, 21:03
  • Nega tishlar ko‘proq qish kunlari bezovta qiladi? 16 yanv, 12:36
  • Yaqin 10 yil uchun "umidsizlik ma’lumotnomasi" taqdim etildi 19 dek, 06:52
  • Nima uchun tadbirkor Niderlandiyaga borishi kerak? 30 sen, 22:24
  • Shvesiyada 6 soatli ish kuni rasman joriy etildi 05 sen, 12:49
  • So'nggi yangiliklar
  • Hukumatning propiska qilish tartibiga oid qaroriga o‘zgartishlar kiritildi 25 мая, 19:39 119
  • MIB: Ramazon hayit bayrami arafasida mehr va quvonch ulashildi 25 мая, 19:03 110
  • Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish muddati uzaytirildi 25 мая, 18:35 312
  • MIB munosabatidan: asossiz xabarlarni tarqatish qarzdorlikdan ozod etmaydi 25 мая, 18:33 135
  • 1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? 25 мая, 18:30 481
  • Angliya Premer Ligasi tarixidagi eng yaxshi transferlar aniqlandi 25 мая, 17:57 210
  • Avstriya politsiyasi mamlakat prezidenti karantin qoidalarini buzganligini aniqladi 25 мая, 17:33 178
  • "Ipoteka bank" xodimida koronavirus aniqlandi 25 мая, 17:30 331
  • Xonanda Umidaxon ilk marta o‘g‘li Muhammad Alining suratini muxlislariga ko‘rsatdi 25 мая, 17:10 546
  • O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi 25 мая, 17:04 797
  • Xitoyda bir sutkada 11, Janubiy Koreyada esa 16 kishida koronavirus qayd etildi 25 мая, 16:54 192
  • Zinedin Zidan karantin qoidalarini buzdi 25 мая, 16:22 314
  • Bo‘limlar