“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 07:29
ЎЗO‘Z

Murod Rizayev futboldagi mavjud qoidadan norozi, uni bekor qilish tarafdori

06 мая, 20:30 3 211 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Murod Rizayev futboldagi mavjud qoidadan norozi, uni bekor qilish tarafdori Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sekin-asta yumshatilmoqda. Birin-ketin virusdan forig‘ bo‘lgan viloyatlarda hayot avvalgidek bo‘la boshlayapti. Bu esa futbol bahslari ham ozgina vaqtdan so‘ng boshlanib qolishini anglatadi.

Ayrim davlatlar ligalarni to‘xtagan holatida tugatmoqda, ba’zilar mavsumni yakunlab qo‘ymoqchi vahokazo. Xo‘sh bizdachi? Bizda bu jarayon qanday kechadi? Endigina boshlangan Superliga ma’lum vaqt muxlislarsiz o‘tishi aytildi xolos.

Qolgani taxminan qanday bo‘lishini bilish maqsadida mutaxassislarga yuzlandik. Dastlab “Sport” telekanali sharhlovchisi Murod Rizayev savollarimizga javob berdi.

- Karantindan keyin o‘zbek va xorij futbolini qanday tasavvur qilasiz? O‘zgarishlar bo‘lishi mumkinmi?
- Karantin barcha mamlakatlarda turli xil vaqtda tugaydi. Kimdir oldin, kimdir keyin. Shuning uchun chempionatlar turli xil vaqtlarda boshlanadi. Katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. To‘g‘ri, boshida musobaqalar muxlislarsiz davom etadi. Baribir ligalarni yakunlab qo‘yishsa kerak. Chempionatlar kuz-bahordan, bahor-kuz tizimiga o‘tishi mumkin.

Fransiyada PSJ chempion deyilgani bilan hali ruxsat berilmadi. Agar chempionlikni berish kerak bo‘lsa, yaqin ta’qibchilaridan ancha ilgarilab ketgan “Liverpul”ga berilishi lozim edi.

O‘ylaymanki, iyun – iyul oylarida karantin tugaydi. Futbol yil oxirigacha muxlislarsiz o‘tkaziladi. Keyingi yildan stadionlarga tomoshabinlar qaytadi, chunki u paytgacha virusga qarshi vaksinalar topiladi. Bir paytlar ham shunday holat kuzatilgan, futbol to‘xtagan. Eramizdan avval ham bunday vaziyatlar bo‘lgan. Vaqt o‘tib, hammasi esdan chiqadi.

- Superligani endi qanday o‘tkazishni taklif qilasiz?
- Xuddi shunaqa, ozgina kutish va muxlislarsiz davom ettirish kerak. Iyundami yoki iyuldami, buni mutaxassislar ko‘rib chiqadi. Reglamentni o‘zgartirmasdan vaqtini surish kerak. Ya’ni chempionatning tugashi dekabrdami, yanvar yoki fevraldami farqi yo‘q.

- Yevropada futbol chempionatlarining davom etishi ko‘proq pulga bog‘liqmi yoki chempionni aniqlashga?
- Baribir chempionni aniqlash darkor. Chunki ligalar pul bilan obro‘sini yo‘qotmasa kerak. Shu bois kimdir shu yerdan tugatib, chempionni aniqlaydi, ayrimlar esa yakunlab, g‘olibni e’lon qiladi. Shunda hammasi to‘g‘ri bo‘lishi mumkin va katta mish-mishlarning oldi olinadi.

- Chempionatlarda chempionni kay tarzda aniklash kerak deb xisoblaysiz?
- Endi hamma turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Avvallari ko‘rdik, 2, 3, 4 davrali chempionatni, xatto jamoalarning soni qisqartirilib, reglament o‘zgartirildi. Bu yerda hech narsani o‘zgartirish kerak emas. Shaxsan men shunday fikrdaman. Misol uchun, APL va La Liga mavsumni doimgidek yakunlamoqchi.

Gap ligalarda qanday qilib chempionni aniqlash emas, o‘sha mamlakat futbol tizimini yaxshilashda. Ya’ni kuchli jamoalar sonini ko‘paytirishda. Har bir klub bir-biri bilan mehmonda va mezbonda o‘ynab chiqishi lozim. Muxlislar shunga o‘rgangan.

Men faqatgina qonun-qoidalarni o‘zgartirgan bo‘lardim. Masalan, YECHLda 0:0, 1:1 hisoblari qayd etilsa, mehmonda gol urgan jamoaga g‘alaba yozishadi. Bu noto‘g‘ri! Yoki 2:1, 2:3 natijalarida safarda ko‘p gol urgan jamoa yutadi. Nima keragi bor bu narsalani? Boshida hayron qolganman. Eng qizig‘i, ikkita o‘yin ham 0:0 bilan tugayapti va qo‘shimta taymda 1:1 qayd etilsa, mehmonda darvozani ishg‘ol etgan jamoa keyingi bosqichga o‘tmoqda. Bu yerda ikki klubning kuchi tengku. Unda uchinchi o‘yinni neytral maydonda o‘ynasin. Shu qoidaga qarshimas va buni yo‘q qilish tarafdoriman. Birinchi uchrashuv 0:0, javob bahsi 1:1 bo‘lsa penalti teptirish kerak. Nima qilibdi, mehmonda bitta gol ursa?! Nariga jamoa ham darvozani ishg‘ol qildiku!

Bu futbol. “Paxtakor” o‘z vaqtida “Dinamo K”ni 5:0, “Spartak”ni 3:0ga yutgan. Shu bilan “Paxtakor” kuchli bo‘lib qoldimi? Mehmonda yutqizgan. Faqat mana shu holatni o‘zgartirish darkor. Qolgani o‘zgarishsiz qolgani ma’qul.

Bekzod Isayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 66
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 156
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 66
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 156
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Bo‘limlar