“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 23:35
ЎЗO‘Z

Gonkong aeroportiga virus va bakteriyalarni 40 soniyada yo‘q qiluvchi kabina o‘rnatildi

06 мая, 18:30 2 547 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gonkong aeroportiga virus va bakteriyalarni 40 soniyada yo‘q qiluvchi kabina o‘rnatildi Foto: Daily Mail
Gonkong xalqaro aeroportida bir daqiqadan kamroq vaqt ichida barcha turdagi mikroblarni o‘ldirishga qodir dezinfeksiyalovchi kabinani sinovdan o‘tkazish boshlandi, deb xabar beradi Daily Mail.

Mazkur aeroport faqatgina sog‘liqni saqlash xodimlari foydalanib kelayotgan sanitar-gigiyenik kapsula o‘rnatilgan dunyodagi birinchi jamoat joyiga aylandi. Ta’kidlanishicha, kabinaning ichki yuzasi antibakterial material bilan qoplangan bo‘lib, u virus va bakteriyalarni o‘ldirishga qodir.

Kabinaga kirishdan oldin tana harorati o‘lchanadi. Eslatib o‘tamiz, yuqori tana harorati COVID-19’ning asosiy belgisi hisoblanadi. Shundan so‘ng kabinaga kiriladi va 40 soniyaga yaqin vaqt davomida dezinfeksiya ishlari olib boriladi.

Kabinalar — aeroportda yo‘lovchilar va xodimlarni infeksiyadan himoyalashga mo‘ljallangan ko‘plab usullardan biri. Shuningdek, bu yerda ultrabinafsha nurli va havoni sterillovchi qurilmalar bilan jihozlangan avtonom robot-tozalovchilardan ham tez-tez foydalaniladi.

Gonkong aeroporti administratsiyasi dezinfeksiya kabinalaridagi antimikrob qoplamalarni yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan barcha ob’ektlarga joylashtirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Virusga qarshi yangi texnologiya may oyining oxiriga qadar sinovdan o‘tkaziladi, shundan so‘ng undan uzoq muddatli foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Gonkong, virus, kabina




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 79
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 63
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 41
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 92
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 78
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 1
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 0
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 1
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 30
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 97
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 63
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 140
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 50
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Bo‘limlar