“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:22
ЎЗO‘Z

Dunyodagi eng yaxshi ta’mirbardoshli smartfonlar reytingi e’lon qilindi

06 мая, 16:00 3 192 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi eng yaxshi ta’mirbardoshli smartfonlar reytingi e’lon qilindi Foto: IXBT
iFixit kompaniyasi mutaxassislari ta’mirlashga bardoshliligi jihatida eng yaxshi smartfonlar reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi IXBT.

Birinchi o‘rin Fairphone 3’ga nasib etdi. U iFixit tarixida maksimal bahoni olgan tarixdagi ikkinchi telefonga aylandi. Fairphone 3 o‘zidan oldingi ajdodidagi kabi modul konstruksiyasiga ega bo‘lib, ularni osonlik bilan almashtirish mumkin. Shuningdek, qurilmaga yechiluvchi akkumulator o‘rnatilgan, bu esa bugungi kunda juda kam uchraydi. Akkumulator va Fairphone 3 ekranini Phillips yoki Torx otvyortkalari yordamida yechib olish mumkin.

Ikkinchi o‘rin Germaniyaning Shiftpone kompaniyasi tomonidan yaratilgan Shift6m modeliga nasib etdi. Smartfon 10 balldan 9 ballni qo‘lga kiritgan bo‘lib, yechiluvchi akkumulatori, shuningdek, displeyi yelimsiz, faqatgina vint va qistirgichlar bilan joyiga qotirilgani uchun e’tirof etilgan.

Uchinchi o‘rindan esa 6 ball bilan o‘tgan yili ishlab chiqarilgan Google Pixel 3a joy oldi. Undan keyingi pog‘onada OnePlus 7T (5 ball) joylashgan. Mazkur smartfonlarni ta’mirlash oson emas, biroq ular baribir bu borada qolgan Android telefonlardan yaxshiroq.

Reytingning oxiridan Moto G va E o‘rin olgan bo‘lib, uning akkumulatori va boshqa qismlari oson yechiladi. Bundan tashqari, Motorola telefon qismlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi kam sonli mashhur ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi.
smartfon, Fairphone 3, reyting




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 47
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 104
  • Amerikada zinapoyadan ko‘tarila oladigan robot-changyutgich ixtiro qilindi (foto, video) 27 mar, 16:30 49
  • Olimlar 3D printerda yog‘och chop etishga erishdi 27 mar, 14:58 51
  • Dunyodagi eng tezkor kamera ishlab chiqildi 27 mar, 12:39 78
  • Sun’iy intellekt qanday qilib odamlar mehrini qozonishi mumkin? 26 mar, 18:42 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar