“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 22:20
ЎЗO‘Z

Prezident Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi mahallalarni borib ko‘rdi

03 мая, 21:22 3 028 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi mahallalarni borib ko‘rdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga safari davomida suv toshqinidan jabrlangan yana ikki tumanda - Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida ham bo‘ldi.
Mutasaddi xodimlar favqulodda hodisa yetkazgan zarar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida axborot berdi.

Suv toshqini tumanning «Shodlik» va «Ahillik» mahallalari hududini ham bosgan edi. Ularda yashayotgan 11 mingdan ziyod aholi Guliston shahri hamda Jizzax viloyatining Mirzacho‘l va Do‘stlik tumanlariga evakuatsiya qilindi. Ushbu noxush voqea oqibatida tumandagi jami 13 ming 397 gektar paxta, g‘alla va poliz ekinlariga zarar yetgan.

Davlat rahbari mutasaddilarga har bir xonadon egalari bilan gaplashib, ularning uy-joylarini ta’mirlash, yaxshi sharoiti mavjud xonadonlarga aholini qaytarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mirzaobod tumanida nuroniylar, mahalla oqsoqollari va faollari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv bo‘ldi.

Bu hudud ham suv toshqini katta ta’sir ko‘rsatgan hududlardan biri. «Navbahor», «Haqiqat», «Bahoriston» hamda «Yo‘ldoshobod» mahllalarida yashovchi qariyb 15 ming aholi tumanning «Yangiobod» mahallasi hamda Yangiyer shahriga joylashtirilgan. Jami 7084 gektar qishloq xo‘jaligi maydoniga zarar yetgan.

Prezident qurilish-ta’mirlash ishlarini xalq bilan maslahatlashib amalga oshirish, dehqon va fermerlar muammolarini joyiga chiqqan holda hal etish zarurligini ta’kidladi.

Aholi vakillari davlat rahbariga shunday qiyin vaziyatda xalq bilan birga bo‘lgani, qisqa vaqtda katta ishlar qilinib, hayot izga tushayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Shu yerda hukumat a’zolari, mutasaddi rahbarlar bilan qishloq xo‘jaligi maydonlarini qayta foydalanishga kiritish, shikast yetgan yo‘l va ko‘priklarni ta’mirlash masalalari muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 133
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 123
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 99
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 9
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 71
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 132
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 175
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 66
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 126
  • Bo‘limlar