“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:57
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev yana Sardoba suv omborining buzilgan joyiga bordi (foto)

03 мая, 20:43 4 691 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev yana Sardoba suv omborining buzilgan joyiga bordi (foto) Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun ham Sirdaryo viloyatida bo‘lib, Sardoba suv ombori hududida amalga oshirilayotgan tiklash-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

«Ma’lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, mazkur suv inshooti Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi 6ta tuman ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash maqsadida barpo etilgan. Hozirgi vaqtda toshqin yuz bergan joyda 2ta brigada tashkil etilib, to‘g‘on yorig‘ining chap va o‘ng qirg‘oqlarida jadal ish olib borilmoqda. Bu jarayonga yuzlab malakali mutaxassislar, mingdan ortiq maxsus texnikalar jalb etilgan. Katta harsang toshlar, beton bloklar va plitalar, boshqa tegishli qurilish materiallari keltirilib, to‘g‘on oldida yarim aylana shaklida to‘siq devor barpo etilmoqda. Ishchi-muhandislar, haydovchilar uchun barcha sharoit yaratilib, sa’y-harakatlar kechayu kunduz tashkil etilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bajarilgan ishlarni sinchiklab ko‘zdan kechirib, mutasaddi rahbarlar va mutaxassislarga zarur ko‘rsatmalar berdi.


Eslatib o‘tamiz, suv toshqini asosan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholi punktlari va ekinzorlariga zarar yetkazgan.

Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu tumanlardagi 22ta qishloqdan jami 60 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilingan edi.





Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 87
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 312
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 140
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar