“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 04:48
ЎЗO‘Z

Zominda sel oqizib ketgan opa-uka voqeasiga oid qo‘shimcha ma’lumot berildi

02 мая, 13:41 5 074 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zominda sel oqizib ketgan opa-uka voqeasiga oid qo‘shimcha ma’lumot berildi Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F. do‘konga xarid uchun borishgan paytda kuchli yomg‘ir yog‘a boshlagan. Opa-uka yomg‘ir tinishini kutib turishgan, yomg‘ir tingach esa qaytish paytida doimiy sel kelib turadigan hududni kesib o‘tayotganlarida to‘satdan kelib qolgan sel ularni oqizib ketgan.

Jizzax viloyati IIB tomonidan Zomin tumani «Shirin» qishloq fuqarolar yig‘ini istiqomat qiluvchi 2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F. soydan sel kelishi natijasida oqib ketib, oqibatda ularning ikkalasi ham halok bo‘lgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, voqea 29 aprel kuni taxminan kech soat 18:00lar atrofida sodir bo‘lgan.
Do‘konga xarid uchun borgan opa-uka uyga qaytguncha kuchli yomg‘ir yog‘a boshlagan. 2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F. yomg‘ir tinishini kutib turishgan, yomg‘ir tingach esa uyga qaytish paytida sel kelgan hududni kesib o‘tayotganlarida to‘satdan kelib qolgan sel ularni oqizib ketgan.

«O‘sha yaqin atrofda bo‘lib turgan voqea guvohlari ham darhol yordam bera olishmagan. Sel oqimi juda katta edi», - deydi manba.
Ta’kidlanishicha, voqea sodir bo‘lgan joy – qishloq ichidan o‘tadigan sel yo‘li hisoblanadi va bu yerda ko‘prik qurishning imkoni yo‘q.

Sel oqibatida vafot etgan 2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F.ning ota-onasi qaramog‘ida ayni paytda yana ikki nafar farzandi: o‘g‘il-qizi qolgan.
Ularning ahvolidan tuman hokimiyati va mahalla faollari xabar olib turishibdi. Moddiy yordam yetkazish ishlari ham rejalashtirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 91
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 48
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 233
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 239
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar