“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:51
ЎЗO‘Z

Tongni ​yaxshi kayfiyatda qarshi olish uchun nima qilish kerak?

02 мая, 09:49 2 932 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tongni ​yaxshi kayfiyatda qarshi olish uchun nima qilish kerak? Foto: Merriam-Webster
Tongni yaxshi qarshi olish uchun tayyorgarlikni tundan boshlash kerak bo‘ladi. Harper’s Bazaar’ning yozishicha bu borada quyidagi uch jihatga amal qilish kerak:

1. Kechki ovqatda yengil va foydali taomlar iste’mol qilish kerak, ovqat qancha yaxshi hazm bo‘lsa, shuncha tinch uxlash mumkin. Zararli mahsulotlarni yeyish tavsiya qilinmaydi.

Uyquga yotishdan avval smartfon va boshqa gadjetlarni o‘chirib qo‘ying: yotishdan avval Instagram’ga kirib-chiqish yoki telefonning boshqa funksiyalaridan foydalanish tez uyquga ketishga qarshilik qiladi.

Tongda qachon uyg‘onishni istasangiz, o‘sha vaqtdan 7 soat avval uxlashga harakat qiling.

2. Soat jiringlaganida vaqtni yana keyinga belgilamasdan o‘rningizdan turing. Uyg‘onish vaqtini cho‘zish organizmga faqat va faqat zarar keltiradi. Turish vaqtini keyinroq qilib belgilash, kun davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni keyinga surilishiga sababchi bo‘ladi va kun shu tariqa boshlanadi. Ko‘zingizni ochishingiz bilan ijtimoiy tarmoqlarga kirishni bas qiling. Buning o‘rniga:
- Issiq ko‘rpa o‘rnini bosuvchi kardiganingizni kiyib oling;
- Limon va asalli iliq suv iching;
- Xona derazalarini ochib, quyosh nurlaridan bahra oling.

3. Sevgan mahsulotlaringizdan tez tayyor bo‘ladigan nonushta tayyorlang va uni chiroyli idishlarga soling va bezang. Bunda estetik zavq olib, bahri dilingiz yashnaydi. Kun tartibingizni haftada bir yoki ikki marta o‘zgartirib, yangilik kiriting. Bugungi kunni qanday o‘tkazishni rejalashtiring. Kunning eng yoqimli qismi qachon bo‘lishini tasavvur qiling, qiyinchilik yoki muayyan murakkablik eng yaxshi mukofotga arzishini o‘zingizga ta’kidlang.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 93
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 256
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 167
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 243
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 380
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 176
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar