“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:58
ЎЗO‘Z

Sardoba aholisi Jizzaxdagi maktab va kollejlarga joylashtirilmoqda

01 мая, 16:50 3 950 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sardoba aholisi Jizzaxdagi maktab va kollejlarga joylashtirilmoqda Videodan kadr
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatining Do‘stlik, Paxtakor, Zarbdor va Mirzacho‘l tumanlarida tashkil etilgan maxsus shtablar tomonidan maktab, kollej, xususiy korxonalar va aholi xonadonlariga fuqarolarni joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Mirzaobod tumanidagi «Navbahor», «Haqiqat» va «Bahoriston» MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan. Aholi ushbu tumandagi kasb-hunar kolleji, Safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘yicha harbiy qism va kasalxonaga evakuatsiya qilindi.

Evakuatsiya tadbirlari Jizzax shahriga ham tashkillashtirildi. Xususan, Oqoltin tumanidagi «Ahillik», «Shodlik», «Saxovat», «Navoiy», «Do‘stlik», «Ko‘rkamdiyor», «Toshkent», «Yangihayot», «Obod» va «Mustahkam» MFYlar aholisi Jizzax viloyati Gagarin shaharchasiga vaqtinchalik ko‘chirildi. Unda aholi uchun 6000 dona niqob, 80 dona antiseptik vosita, 200 juft bir martalik qo‘lqoplar va boshqa tibbiyot vositalari tarqatildi.

Bundan tashqari, Sardoba shaharchasidagi aholini ham Jizzax viloyati Gagarin aholi yashash punktiga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Mirzaobod tumanidagi «Beruniy», «Paxtaobod», «Baliqchi», «Haqiqat», «Bahoriston», «Yangiovul» va «Do‘ngariq» MFYlar aholisi suv toshish xavfi bo‘lgani uchun Yangiyer shahriga evakuatsiya qilinmoqda.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.

Hozirda dambadan suv chiqishi kamaygan.
Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga keldi. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan edi.
Mazkur vaziyat oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti yetib borgan.
Sardoba, aholi, kollejlar




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 105
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar