“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 18:50
ЎЗO‘Z

Abdulla Aripov Sirdaryo viloyatidagi toshqin bo‘lgan joyga yetib bordi

01 мая, 12:34 3 850 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdulla Aripov Sirdaryo viloyatidagi toshqin bo‘lgan joyga yetib bordi Foto: FVV matbuot xizmati
1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

FVV xabariga ko‘ra, bunda suv asosan ekin maydonlariga zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga (FVDT) kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Sardoba tumani «Qo‘rg‘ontepa» MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. «Qo‘rg‘ontepa», «Do‘stlik», «Yurtdosh» MFYdan jami 11598 nafar aholi shular jumlasidan.

Bundan tashqari, suv bosish xavfi bo‘lgan «Quytosh» MFY, «Ota yurt» MFY va «Birlik» MFYdan aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Ayni vaqtda Oqoltin tumani «Abdualim» MFY aholisini Sardobaga evakuatsiya qilish ishlari boshlangan.

Voqea joyiga bosh vazir Abdulla Aripov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borib, evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda.

Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 shaxsiy tarkib va 5 avtotexnika, Jizzax viloyati FVBdan 120 shaxsiy tarkib, 6ta avtotexnika, MVBRQMdan 60 shaxsiy tarkib, 6ta avtotexnika, Milliy Gvardiyadan 276 shaxsiy tarkib, 43 avtotexnika hamda hududiy FVDT xizmatlari jalb etildi.

Jabrlangan va halok bo‘lganlar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 94
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 81
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 73
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 95
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 574
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 538
  • So'nggi yangiliklar
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 2
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 28
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 20
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 50
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 195
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 135
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 204
  • Bo‘limlar