“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:47
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda aprel oyidagi inflyatsiya darajasi ma’lum bo‘ldi

01 мая, 11:30 3 323 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda aprel oyidagi inflyatsiya darajasi ma’lum bo‘ldi Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-aprel oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,4 foizga ko‘tarildi. Yillik davrda esa (2019 yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,5 foizni tashkil etdi.

2019 yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,9 foizga ko‘tarilgan. 2019 yilning yanvar-aprel oylarida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 5,3 foizga qimmatlashgan. 2018 yilning aprel oyiga nisbatan 2019 yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 13,7 foizga oshgan.

O‘rtacha oylik INI o‘sishini hisoblash natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-aprel oylarida ushbu ko‘rsatkich 1,1 foizni, 2019 yilning shu davrida esa 1,3 foizni tashkil etgan.

O‘tgan yilning dekabriga nisbatan 2019 va 2020 yillarning yanvar-aprel oylari davomida umumiy INI ko‘rsatkichlari orasidagi katta tafovut fevral oyida (mos ravishda 103,1 foizga qarshi 101,4 foiz, yoki 1,7 punkt), minimal darajada esa aprel oyida (105,3 foizga qarshi 104,5 foiz, yoki 0,8 punkt) qayd etilgan.

2020 yil aprel oyida yillik umumiy INI o‘tgan oyning shu ko‘rsatkichiga nisbatan 0,9 punktga ko‘tarildi (114,5 foizdan 113,6 foizgacha). Shu bilan birga, o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan 2020 yilning aprel oyidagi natija 2019 yildagi ushbu ko‘rsatkichga nisbatan 0,8 punktga baland bo‘ldi (114,5 foizga qarshi 113,7 foiz).

Yirik guruhlar kesimidagi narxlarning o‘zgarishiga ko‘ra, narxlar va tariflarning oshishi bo‘yicha yetakchilik o‘tgan oylardagi kabi oziq- ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘ldi. Joriy yilning aprel oyida narxlar 3,3 foizga ko‘tarilib, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 foiz, xizmatlar esa 0,3 foizga oshgan.

Umumiy hisobda, 2020 yilning to‘rt oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 7,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlar 2,4 foiz, xizmatlar 1,8 foizga oshdi.
O‘zbekiston, aprel oyi, inflyatsiya darajasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 153
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar