“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 04:55
ЎЗO‘Z

AQSH koronavirus vaksinasini yaratishni tezlashtirib, yil oxirigacha tayyor qilmoqchi

01 мая, 06:30 2 205 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH koronavirus vaksinasini yaratishni tezlashtirib, yil oxirigacha tayyor qilmoqchi Foto: Bloomberg
AQSH prezidenti Donald Tramp administratsiyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishni tezlashtiradigan loyihani ishlab chiqmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg ushbu loyiha bilan tanish manbalarga tayanib.

Qayd etilishicha, vaksinani yaratishga ketadigan vaqtni 8 oyga qisqartirish rejalashtirilgan. Bloomberg’ning ta’kidlashicha, buning uchun farmatsevtika kompaniyalari, davlat va harbiy muassasalarning kuchlari birlashtiriladi.

Bloomberg suhbatdoshlaridan birining aytishicha, ushbu loyiha uchun millionlab dollar kerak bo‘ladi va bu mablag‘larning bir qismi behuda sarflanadi. Chunki ko‘plab vaksinalar namunalari samarasiz bo‘ladi. Boshqa bir manbaning ta’kidlashicha, loyiha mavjud mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi va qo‘shimcha mablag‘ talab etilmaydi.

Bloomberg manbasining ta’kidlashicha, Donald Tramp administratsiyasi 2020 yil oxiriga qadar 300 million doza vaksina yaratish niyatida. Agar loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa, amerikaliklarda vaksina keyingi yilning bahorida emas, shu yilning oxiriga kelib paydo bo‘ladi.

Mart oyi oxirlarida AQSH Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti (NAID) vakili Entoni Fauchi koronavirusga qarshi vaksinani 12-18 oy o‘tgachgina yaratish mumkinligini aytgandi. AQSH Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Maykl Kaputoning so‘zlariga ko‘ra, prezidentni vaksinani ishlab chiqishning odatdagi muddati qoniqtirmagan va bu masalada katta yutuqlarga erishishni qo‘llab-quvvatlagan.

Agentlik xabariga ko‘ra, ushbu loyiha muhokama qilinadigan navbatdagi yig‘ilish Oq uyda 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus qurbonlari soni 60 ming kishidan oshib ketgan. Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 million kishidan oshgan, 120 mingdan ortiq bemor tuzalgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 101
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 301
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 99
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 68
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 184
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 299
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 25
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 52
  • Bo‘limlar