“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 16:02
ЎЗO‘Z

Sobirjon Mo‘minov AQSHga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi

26 apr, 14:13 8 400 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sobirjon Mo‘minov AQSHga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi Foto: Instagram / @sobirjon_muminov
Jurnalist Jasur Hamroyev ayni paytda AQSHga oilasi bilan ko‘chib ketgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sobirjon Mo‘minovning Nyu-Yorkdagi xonadonida mehmon bo‘ldi hamda xonanda bilan intervyu tashkillashtirdi. YouTube va Instagram jonli efirida uyushtirilgan intervyu davomida aksariyat internet foydalanuvchilari Sobirjon Mo‘minovning nima sababdan va qanday qilib AQSHga ketgani bilan qiziqdi.

«O‘g‘lim Amerika va Germaniyadagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirib, bir necha universitetga o‘qishga kirdi. Keyin Amerikani tanladi. O‘qishga ketish chog‘ida bir o‘zi ketgisi kelmadi. Men ham oilaga, farzand tarbiyasiga qattiqqo‘l, talabchan bo‘lganim uchun o‘g‘limni bir o‘zini jo‘natgim kelmadi. Shunday qilib bir kuni ‘Ada, men Green Card to‘ldiraman, chiqadi, hammamiz birga ketamiz’, dedi. Men rozi bo‘ldim, lekin chiqadi deb o‘ylamadim.

Bir kuni o‘g‘lim kelib, ‘Ada, suyunchi bering, Green Card chiqdi, endi hammamiz birga ketamiz Amerikaga’ deb qoldi. Shundan keyin Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi filarmoniyadan zo‘rg‘a javob olib keldim. Men butun umr davlatning ishida ishlaganman. Har doim ishni birinchi o‘ringa qo‘yardim. O‘g‘lim aldab-suldab Amerikaga olib kelib oldi. ‘Green Card’ni olasiz-u, keyin orqaga qaytasiz’ degandi. Yo‘q, Green Card’ni o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor ekan, qachon kirishingiz, qachon chiqishingiz belgilab qo‘yilgan ekan. Bu non-tuz, nasiba. Mana bolalar o‘qishyapti. Men esa shu yerda konsert, to‘ylarni o‘tkazib, qo‘ldan kelgunicha o‘zbek milliy estrada san’atini AQSHda namoyish etib kelmoqdaman», — deydi Sobirjon Mo‘minov.

Sobirjon Mo‘minovning aytishicha, Amerikada konsert va to‘y tadbirlarini o‘tkazishni tashkillashtiruvchi kompaniya ochgan. Xonandani to‘y xizmatiga taklif etmoqchi bo‘lganlar xizmat haqini shu kompaniyaga o‘tkazadi.

«Amerikadan har bir sohada o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p, ayrim joylarda o‘rgatadigan jihatlarimiz ham bor. Aslida ota-onaga bo‘lgan hurmat, halol va haromning farqiga borish, ‘Bismilloh’siz biron ishni boshlamaslik, odob-ahloq, toza-pokizalikda amerikaliklar bizdan o‘rnak olishi kerak. Lekin yo‘llarda qoidalarga rioya etish, svetoforlarda to‘xtash, masalan, qizilmi mashina yo‘q bo‘lsa ham haydovchilar hech qachon o‘tib ketmaydi, to‘xtab turadi. Bir-biriga yo‘l berishga ham qattiq e’tibor beradi. Yoshmi, qarimi, erkakmi, ayolmi hammasi uchun qoida bir xil. Supermarketlarda, aeroportlarda intizom seziladi», — deydi xonanda Amerikada yashashning o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib.
Green Card, Sobirjon Mo‘minov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 225
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 131
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 227
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 355
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • Bo‘limlar