“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 10:12
ЎЗO‘Z

Ro‘za qalbni poklaydi

26 apr, 10:43 3 607 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘za qalbni poklaydi Nafsni poklash, axloqni sayqallashda eng muhim vositalardan biri ro‘zadir. Ro‘za qalbni muolaja qiladi, taqvoni kuchaytiradi, bandani egri yo‘llardan qaytaradi, dilga soflik bag‘ishlaydi. Ro‘za shahvatlarni jilovlashda ham tengsiz ibodatdir.

Alloh taolo shunday amr qilgan: “Ey mo‘minlar! Taqvodor bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi” (Baqara surasi, 183-oyat).

Ro‘za arab tilida “sovmun” yoki “siyamun” deyiladi. Bu so‘z lug‘atda “biron ish yoki so‘zdan o‘zini tiyish” ma’nosini anglatadi. “Lisonul arab” lug‘atida “siyamun” so‘zi – shar’iy istilohda – taom, ichimlik, jinsiy yaqinlik, foydasiz so‘zlardan tiyilish mazmuniga egaligi aytilgan.

Ro‘za barcha gunohlar manbai bo‘lmish nafsni sindiradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shu ma’noda: “Ro‘za qalqondir”, deya marhamat qilganlar.

Ro‘zadan ko‘zlangan eng asosiy hikmat ham taqvodir. Banda tong-saharda “Alloh roziligi uchun ro‘za tutishni niyat qildim”, deb og‘iz yopganidan keyin ibodatga kirgan bo‘ladi. Ro‘zador holida ishlaydimi, dam oladimi, bozorga boradimi, ibodat qilayotgan bo‘ladi. Alloh unga ibodat savobini yozadi. Shuning uchun ro‘zador inson noma’qul ishlardan o‘zini tiyib turadi, haromga qaramaydi, birovga tili bilan ham, qo‘li bilan ham ozor bermaydi, Allohni zikr qiladi, Qur’on o‘qiydi, namozlarni to‘kis ado etadi. Shu bilan inson qalbi poklanadi, ruhi tetiklashadi.

Ro‘zador faqat taomdan, ichimlik yoki ayoli ila muomala qilishdan tiyilmaydi, balki tilini behuda so‘zlardan, ko‘zini nojoiz narsalarga qarashdan, qo‘li, oyog‘i – barcha a’zolarini haromdan saqlashi talab etiladi. Alloh bandaning tongdan shomgacha tuz totmay yurishiga muhtoj emas. Ro‘za tutib taqvodor bo‘lishimiz, qalbimiz poklanishi uchun Mehribon Alloh bizga ro‘zani farz qilgan.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Kim yolg‘on gapirishni, unga amal qilishni tashlamasa, taom bilan ichimlikni tark etishiga Alloh muhtoj emas”, deganlar.

Shunday odamlar bor: ro‘zador bo‘lsayam kun bo‘yi tili g‘iybatdan bo‘shamaydi, bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gapirib, yelkasiga tog‘dek gunohlarni ortmoqlab oladi. Yana ba’zilar ro‘zador holida bozor-o‘charda birovning haqini yeydi: metrdan, litrdan urib foyda ko‘rish payida bo‘ladi.

Hadisi sharifda aytilishicha, odam kechasi bilan namoz o‘qib chiqsa, kunduzlari och-nahor yurib ro‘za tutsa, biroq gunohlardan tiyilmasa, tunda bedor bo‘lgani, kunduzi o‘zini qiynagani qoladi. Unga hech qanday savob berilmaydi. Shuning uchun ro‘zador odam taqvoga e’tibor bersin. Faqat oshqozon emas, til ham, ko‘z ham, qo‘l-oyoqlar ham ro‘za tutsin. Bu qalb ro‘zasi, deyiladi. Mana shu haqiqiy ro‘zadir.

Ziyovuddin Rahimning “Qur’on – qalblar shifosi” kitobidan
ro‘za, qalb, nafs




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 105
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 273
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 185
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 249
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 394
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 182
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 107
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 170
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 138
  • Bo‘limlar