“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:50
ЎЗO‘Z

Maykl Pompeo Xitoy hukumati koronavirus haqida 2019 yil noyabr oyidayoq bilganini taxmin qildi

25 apr, 07:14 2 348 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maykl Pompeo Xitoy hukumati koronavirus haqida 2019 yil noyabr oyidayoq bilganini taxmin qildi Foto: Reuters
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Xitoy hukumatining koronavirus haqida 2019 yil noyabr oyidayoq xabardor bo‘lganini taxmin qildi. Pompeo bu haqda radioboshlovchi Larri O’Konnorga bergan intervyusida aytib o‘tgan, deb yozmoqda AQSH davlat departamentining rasmiy sayti.

Uning aytishicha, AQSH hali ham Xitoydan Uxanda aniqlangan koronavirus namunalarining asl nusxasini olishni istamoqda.
«Xitoy hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat haqida dekabr o‘rtalarida emas, balki noyabr oyida bilgan bo‘lishi mumkin. Ular bu haqda butun dunyoni boxabar qilish, jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ma’lum qilishni kechiktirgan», — deydi Pompeo.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyga COVID-19 tarqalishini surishtirish uchun mutaxassislar yubormoqchi ekanini bildirgandi. Isroildagi telekanallardan birida AQSHning o‘z hamkorlarini koronavirus haqida noyabr oyida ogohlantirgani xabar qilingan.

Shuningdek, AQSH Xitoydan koronavirusning kelib chiqish sabablari bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Pompeoning fikricha, Xitoy kasallik tarqalishi yuzasidan muhim axborotga ega bo‘lgan, ammo uni o‘z vaqtida oshkor qilmagan. Kreml esa bunga qarshi chiqib, Xitoy koronavirusga oid ma’lumotlarni yashirgani to‘g‘risida dalillar yo‘qligini bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 1
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • Bo‘limlar