“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 03:01
ЎЗO‘Z

Yevroittifoq O‘zbekistonning inqirozni yengib o‘tish harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratadi

24 apr, 18:28 2 393 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevroittifoq O‘zbekistonning inqirozni yengib o‘tish harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratadi Foto: Reuters/Yves Herman
Koronavirusning tez yoyilishi global pandemiyaga aylandi. Yevropa ittifoqi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga pandemiyaga global reaksiya qilish uchun 114 million yevro ajratdi.

YEI O‘zbekiston hukumatining koronavirus inqirozini yengib o‘tish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qator real choralarni ko‘rdi. Inqirozga javoban YEI tomonidan gumanitar, tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, u jamiyat va iqtisod uchun beqarorlashish xavfini pasaytirishga olib keladigan qisqa muddatli ehtiyojlar kabi uzoq muddatli tuzilmaviy oqibatlarga javob tariqasidagi choralarni o‘z ichiga oladi.

YEI sog‘liqni saqlash sektorining shoshilinch ehtiyojlarini qondirish maqsadida mamlakat uchun JSSTning tayyorligi va reaksiyasini ta’minlash bo‘yicha Strategik reja doirasida 2,2 million yevro taqdim etadi. YEI 5 million yevro miqdoridagi mablag‘ni Orolbo‘yi mintaqasi uchun Ko‘psheriklik trast fondiga yo‘naltiradi; fond yaqin kunlarda koronavirus oqibatlari bilan kurashish uchun takliflar tanlovini ham e’lon qiladi.

YEI qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirishni budjet tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida 21 million yevro to‘lashni tezlashtirib, mamlakat iqtisodiyotini tiklashga ham ko‘maklashadi. Bundan tashqari, 4 million yevrogacha mablag‘ qishloq xo‘jaligi sektorida inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, YEI BMT TD tomonidan amalga oshirilayotgan «O‘zbekistonning qishloq tumanlarida boshqaruv darajasini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish» loyihasi doirasida 1,8 million yevrogacha bo‘lgan mablag‘ni davlat xizmatlariga onlayn-kirish bilan bog‘liq favqulodda xarajatlarni qoplashga, shuningdek, pandemiyaning ijtimoiy oqibatlarini hal qilish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashni 1 million yevrogacha ta’minlashga qayta taqsimlaydi.

YEI Fransiya taraqqiyot agentligi bilan sheriklikda kasalxona chiqindilari bilan xavfsiz muomalada bo‘lishga ko‘maklashish ustida ham ishlamoqda (1 million yevrogacha).

YES elchisi Eduards Stiprays ta’kidlaganidek: «Hukumat iqtisodiyotni qutqarish va kichik hamda o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘ta muhim choralarni ko‘rmoqda. Ishonamanki, biz agar birgalikda harakatlanish choralarini ko‘rsak, katta natijalarga erishamiz. YEI tomonidan biz qo‘shimcha moliyaviy yordam taqdim etgancha, shuningdek, joriy krizisni bartaraf qilish bilan bog‘liq aniq muammolarni hal qilishga foydalanish imkoni bo‘ladigan pul mablag‘larini yo‘naltirgancha O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz».

YEI choralari sherik mamlakatlarga ularning koronavirus infeksiyasi va uning oqibatlari bilan kurashini qo‘llab-quvvatlashga 20 mlrd yevrodan ortiq miqdorda yo‘naltirilgan TeamEurope (Yevropa jamoasi) global yordam dasturi natijasi hisoblanadi. TeamEurope yondashuvi YEI moliyaviy resurslarini, uning a’zo mamlakatlari va moliyaviy institutlarini, xususan, Yevropa investitsiya banki va Yevropa rekonstruksiya va taraqqiyot bankini birlashtirishdan iborat.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 135
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 114
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 211
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 43
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 56
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 136
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 211
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 84
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 90
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 122
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 187
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 169
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 155
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 191
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 311
  • Bo‘limlar