“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 02:24
ЎЗO‘Z

Jazodan yoshlar ham ozod qilindi

24 apr, 13:05 2 903 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jazodan yoshlar ham ozod qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomasida “Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak” degan chuqur ma’noli so‘zlar keltirib o‘tildi.

Shuningdek, Prezident Sh.M.Mirziyoyev murojaatnomada, 2020 yilga “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berilganini, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yangi pog‘onaga ko‘tarish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bo‘yicha yagona ko‘rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “O‘zbekiston yoshlari – 2025” konsepsiyasini ishlab chiqishi, unda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlari belgilanishi lozimligi haqida takliflar ilgari surilgan edi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishi sifatida sud-huquq sohasidagi islohotlar bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan beshta ustuvor yo‘nalishning ikkinchi yo‘nalishida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Respublikamizda sud hokimiyatining mustaqilligini, fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘nalishida sudlar tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, sudlarning moddiy texnik ta’minotini yaxshilashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bugungi kunda, sudlarda ko‘rilayotgan ishlarda, taraflarni murosaga keltirish, jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklash, unga yetkazilgan zararlarni to‘la undirish choralarini ko‘rish, aybdor shaxslarga adolatli, qilmishiga yarasha jazo tayinlash, mana shunday davrda millatimzga xos kechirimlilik, yo‘lidan adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish va ularga imkoniyatlar berishga sudlar tomonidan ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida 2020 yil 24 aprel kuni o‘tkazilgan ochiq sud majlisida muqaddam turli jinoyatlarni sodir etib, sud hukmi bilan tayinlangan jazolarni o‘tab turgan, ijobiy tavsifnomaga ega hamda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 7 nafar mahkumlar, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi (jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) talabi asosida jazolardan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Jazodan ozod qilinganlarning orasida ikki nafar yoshlarning mavjudligi, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning murojaatnomasida aytib o‘tilganidek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yangi pog‘onaga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 87
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 44
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 231
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 235
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar