“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 16:02
ЎЗO‘Z

Ishsiz qolgan va ehtiyojmand aholi ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi

22 apr, 22:39 2 022 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ishsiz qolgan va ehtiyojmand aholi ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi O‘zbekistonda karantin tufayli 196 mingta korxonada ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmi keskin kamaygan va ishsizlar soni ham oshgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 aprel kuni o‘tkazilgan aholi bandligini ta’minlash va daromadi keskin kamayishining oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

«Buni aprel oyidagi 20 kunlik soliq tushumlarida ham kuzatish mumkin. Jumladan, qator viloyatlarda 30-40 foiz, ayrim tuman va shaharlarda esa 50 foizdan ziyod tushum ta’minlanmagan.

Bunday og‘ir sharoitda davlatimiz tomonidan qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, bir oy ilgari qabul qilgan 2ta qarorga asosan, hozirga kelib nafaqa va moddiy yordam oladigan bolali oilalar soni 595 mingdan 655 mingga, ya’ni 60 mingtaga ko‘paytirildi. Shuningdek, aholining kreditlar bo‘yicha 3 trillion 260 milliard so‘mlik to‘lovlari muddati uzaytirildi.

Karantin davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan 141 ming 800 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlanib, ularga 43 milliard 225 million so‘m ish haqi to‘lab berildi. Shu bilan birga, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tomonidan 219 ming oilaga oziq-ovqat va sanitariya-gigiyena mahsulotlari tarqatildi.

Biroq, shu bilangina cheklanib qolib bo‘lmaydi. Kun sayin o‘zgarayotgan vaziyat aholi bandligini ta’minlash va muhtoj oilalarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab etmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yig‘ilishda karantin cheklovlari sababli vaqtincha ishsiz qolgan fuqarolarni moddiy qo‘llab-quvvatlash masalasi Samarqand va Namangan viloyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar misolida muhokama qilindi.

Tadbirkor va fermerlar kambag‘al oilalarga tomorqada ekin ekishga yordam berishi, takroriy ekin uchun o‘z yeridan joy ajratishi, kasanachilikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashishi lozimligi ta’kidlandi. Davlat esa bunday sub’ektlarga soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, muddatini kechiktirishga ruxsat beradi yoki kredit ajratadi.

Misol uchun, Samarqand viloyatida «Agromir» korxonasi rahbari bir mingta oilani qaramog‘iga olib, 600 gektarda yangi tokzorlar barpo etish ishlarini boshlagan. 500 dan ziyod kambag‘al oilani kooperativga doimiy ishga olib, yangi tokzorlar orasini ularga bo‘lib bergan va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Qirq kunda hosil olsa bo‘ladigan bodring urug‘ini tarqatib, ekish harakatlarini boshlagan. Qurilish ishlariga yana 100 ta odamni ishga olgan.

Samarqand shahridagi «Aziya metall prof» korxonasi rahbari mingta oilaga oziq-ovqat tarqatgan, 10 ga yaqin ehtiyojmand oilaga uy qurib berish, 100 nafarini ishga olish tashabbusi bilan chiqqan.

Shuningdek, Namangan viloyatidagi «Art soft» klasteri ta’sischilari Namangan shahri, Pop, Mingbuloq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida 3 ming nafar oilaga yordam berish tashabbusi bilan chiqdilar.

Bu boradagi tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi mas’ulligida vazirlik va hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi operativ shtab tuziladi.

Barcha tuman va shaharlarda ishsiz qolgan hamda ehtiyojmand aholini nomma-nom aniqlab, shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasidagi ishlarni manzilli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Karantindan oldin ham ishsiz bo‘lgan va kunlik daromad asosida yashab kelgan odamlarni faol mehnat orqali ish bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Xususan, qishloq xo‘jaligi kooperativlari va xonadonlarda issiqxonalar tashkil etish hisobiga 14 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. 110 ming kishini mavsumiy, 167 ming fuqaroni jamoat ishlari bilan qamrab olish vazifasi qo‘yildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi bir necha yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi, qurilish, kimyo sanoati va mashinasozlik bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilab berildi. Bu ishlar joylarda to‘g‘ri tashkil qilinsa, minglab odamlar bandligi ta’minlanadi.

Masalan, quduq qazib 26 ming gektar maydonda tashkil etiladigan bog‘, tokzor va issiqxonalarda 52 ming, ipakchilik tarmog‘ida 785 ming, qurilish va infratuzilma sohasida 75 ming yangi ish o‘rni yaratish mumkin.

Prezidentimiz belgilangan vazifalarni sifatli bajarib, odamlarni ham band, ham rozi qilish kerakligini ta’kidladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 20
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 22
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 90
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 299
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 106
  • So'nggi yangiliklar
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 2
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 85
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 506
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 250
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 57
  • Bo‘limlar