“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 00:36
ЎЗO‘Z

«Men islom diniga yaqinroqman»: Dmitriy Peskovning qizi Ramazon oyida ro‘za tutishini aytdi

22 apr, 20:35 2 253 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Men islom diniga yaqinroqman»: Dmitriy Peskovning qizi Ramazon oyida ro‘za tutishini aytdi Foto: Instagram
OAVning yozishicha, Kreml matbuot kotibining qizi o‘tgan yili Ramazon oyida bir necha kun ro‘za tutgan.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning qizi Yelizaveta o‘zining Instagram sahifasida e’tiqodli ekanligini yozdi va Ramazon oyida ro‘za tutishini bildirdi.

U aslida Rossiya pravoslavlarini Pasxa bilan tabriklab post qoldirgan.
Yelizaveta postida ota-onasi uni bolaligida hech bir dinga yo‘naltirmaganini, ulg‘ayganida qaysi dinga e’tiqod qilishni o‘ziga qo‘yib berishganini yozgan.

U Rossiyada haqiqiy pravoslavlik dini borligiga shubha bildirgan.
«Muhtasham korteji bo‘lgan patriarx ishonchga sazovor emas», - deb yozgan Peskova.

Yelizavetaning so‘zlariga ko‘ra, u hozircha din borasida aniq tanlov qilmagan, ammo uning qalbiga Islom dini yaqin.
«Albatta, lekin men islom diniga yaqinroqman», – deb yozgan Peskova, foydalanuvchilardan birining u buddizmni o‘rgangani to‘g‘risidagi savoliga javoban.

Foydalanuvchilar shuningdek, uning Ramazon oyida ro‘za tutishiga qiziqishgan.

«Ha», - deb javob bergan Peskova va o‘tgan yili bir necha kun ro‘za tutganini qo‘shimcha qilgan.

OAVning yozishicha, Kreml matbuot kotibining qizi o‘tgan yili Ramazon oyida bir necha kun ro‘za tutgan.
«Tibbiy nuqtai nazardan, Ramazon organizm uchun juda foydali (agarda to‘g‘ri ovqatlanilsa). Asosiysi, har qanday ro‘zadan maqsad – intizom, rohatlardan voz kechish, diqqatni ruhiy holat va fikrlashga qaratish», deb yozgan Yelizaveta Peskova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ro‘za tutishda uning uchun eng asosiysi niyat bo‘lgan.
«Niyat bo‘lsa, organizm o‘zi moslashib oladi va talab qilmay qo‘yadi», deb ta’kidlagan u.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoy davlat kengashi: Islom dini shinjonlik uyg‘urlarining ixtiyoriy tanlovi bo‘lmagan 24 iyul, 11:04
  • Pol Pogba: «Islom dini dunyoqarashimni o‘zgartirishga va yaxshi inson bo‘lishimga yordam berdi» 12 iyun, 23:22
  • Islandiyada 22 soat ro‘za tutishmoqda 28 мая, 00:36
  • Daniya rasmiysi Ramazonni «jamiyat uchun xavfli» deb e’lon qildi 22 мая, 13:22
  • Butun dunyo bo‘ylab Ramazon shukuhi 19 мая, 22:30
  • Obama AQShning islom diniga qarshi emas, terroristlarga qarshi kurashayotganini ta’kidladi 19 fev, 11:28
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbeklarda millatchilik bormi? 17 sen, 00:14 0
  • Mourinyu: "Konferensiyalar Ligasi meni qiziqtirmaydi deb sizlarni aldamoqchi emasman. Men bu turnirni yutmoqchiman!" 16 sen, 23:45 33
  • Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim" 16 sen, 23:30 68
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi 16 sen, 23:08 105
  • “Nasaf” OFK kubogi yarim finalida Osiyoning eng qadimiy klublaridan biriga qarshi o‘ynaydi 16 sen, 22:48 181
  • Hamidjon Aktamov: "Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi" 16 sen, 22:20 140
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik" 16 sen, 22:05 189
  • Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi 16 sen, 21:40 304
  • Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi 16 sen, 21:15 283
  • Superliga. "Nasaf" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag‘lub etdi 16 sen, 20:56 300
  • FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi 16 sen, 20:44 403
  • Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi 16 sen, 20:20 191
  • Bo‘limlar