“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:01
ЎЗO‘Z

IIV O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar ro‘yxatini e’lon qildi

21 apr, 20:06 4 413 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIV O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar ro‘yxatini e’lon qildi O‘zbekistonda karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar qoidalarga amal qilmaslik bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlandi. IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 86 411 ta holat aniqlangan. Bular:
Toshkent shahrida – 15 900 ta;
Farg‘ona viloyatida – 13 847 ta;
Toshkent viloyatida – 12 845 ta;
Samarqand viloyatida – 7 526 ta;
Sirdaryo viloyatida – 5 818 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 5 488 ta;
Andijon viloyatida – 4 914 ta;
Namangan viloyatida – 4 780 ta;
Buxoro viloyatida – 3 391 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3 137 ta;
Xorazm viloyatida – 2 779 ta;
Surxondaryo viloyatida – 2 615 ta;
Jizzax viloyatida – 2 589 ta;
Navoiy viloyatida esa 782 ta holatni tashkil etmoqda.

Xususan, 20 aprel kuni Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan R.R., Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Yulduz ko‘chasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan. Q.X., Toshkent ko‘chasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan B.Sh., Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan O.U., Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan E.S., Romitan tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan F.F., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Tinchlik ko‘chasida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan G.Sh., Beruniy tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan B.A. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurgani aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25 martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi.

Shuningdek, 20 aprel kuni Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan Y.R., Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, Juma shaharchasida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan Sh.X. ruxsatnomasiz o‘z transportida bemaqsad yurgani aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar