“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 08:47
ЎЗO‘Z

«Ko‘chaboshi», «uyboshi» - mahallalar faoliyatiga taalluqli qonun loyihasi bilan yangi atamalar kiritilishi mumkin

20 apr, 17:47 2 537 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ko‘chaboshi», «uyboshi» - mahallalar faoliyatiga taalluqli qonun loyihasi bilan yangi atamalar kiritilishi mumkin Foto: mahalladosh.uz
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Ushbu qonun loyihasida bir qator yangiliklar o‘z aksini topgan. Jumladan, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) besh yil muddatga saylanishi belgilangan. Amaldagi Qonunga ko‘ra, bu muddat uch yilni tashkil qiladi.

Shuningdek, amaliyotda qo‘llanib kelingan, biroq qonunchilikda aks etmagan bir qator tushunchalarga aniqlik kiritilmoqda. Masalan, ko‘chaboshi – fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘chalarning geografik joylashuviga qarab, aholining umumiy yig‘ilishida saylangan va ular nomidan fuqarolar yig‘inida faoliyat olib boradigan, ularning qonuniy manfaatlarini ifoda etadigan fuqaro sifatida, uyboshi – fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p kvartirali uylarning geografik joylashuviga qarab, aholining umumiy yig‘ilishida saylangan va ular nomidan fuqarolar yig‘inida faoliyat olib boradigan, ularning qonuniy manfaatlarini ifoda etadigan fuqaro sifatida ta’riflangan.

Prezidentning “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 2 apreldagi PF–5700-son farmonida harakatsiz va huquqni qo‘llashga ta’sir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilganligi, shuningdek prezidentning “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son farmonining 16-bandiga asosan mas’ul kotib lavozimi o‘rniga fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilganligi sababli mazkur qonun loyihasida ham ushbu lavozim o‘z aksini topgan. Jumladan, 22-moddada uning vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari keltirib o‘tilgan.

Bundan tashqari, Qonunning amaldagi tahririda fuqarolar yig‘ini deganda fuqarolarning umumiy majlisi tushunilgan, amaliyotda esa fuqarolar yig‘ini tuzilma sifatida faoliyat olib boradi. Shu bois, Qonun loyihasining butun matnida “fuqarolar yig‘ini” tuzilma sifatida, “fuqarolar yig‘ini majlisi” esa fuqarolar yig‘inining kollegial organi sifatida qo‘llanilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 223
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 123
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 64
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 242
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar