“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:41
ЎЗO‘Z

Karantinda tug‘ilgan kun o‘tkazib, uyida odam to‘plagan shaxslar javobgarlikka tortildi

18 apr, 15:05 3 046 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantinda tug‘ilgan kun o‘tkazib, uyida odam to‘plagan shaxslar javobgarlikka tortildi Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga (18 aprel soat 09:00 holatiga) qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 76 159 ta holat aniqlangan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ular:
- Toshkent shahrida – 13 635 ta holat;
- Farg‘ona viloyatida – 11 893 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 11 136 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 6 730 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 5 269 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 4 976 ta holat;
- Andijon viloyatida – 4 303 ta holat;
- Namangan viloyatida – 4 290 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 3 115 ta holat;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2 775 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 2 555 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 2 416 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 2 333 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 733 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Misol uchun, 17 aprel kuni Namangan viloyati, Pop tumani, «Chig‘anoq» mahallasida yashovchi 1977 y.t. Tohirjon O. va «Iskovut» mahallasida yashovchi 1989 y.t. Movlitali K. mast holda himoya niqobi taqmasdan, fuqarolar osoyishtaligini buzganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 va 183-moddalariga asosan Pop tumani Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

17 aprel kuni Jizzax shahar, «Navro‘z» mahallasi, Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi 1990 y.t. Gulxayo N. karantin qoidalarini buzib, yashash uyida tug‘ilgan kunini nishonlash uchun 4 nafar tanishlari bilan yig‘in o‘tkazayotganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlik tortilgan.

17 aprel kuni 13:00 larda Sirdaryo viloyati, Shirin shahar, «Farhod» mahallasi, S.Raximov ko‘chasida yashovchi 1988 y.t. Umid A. karantin qoidalarini buzib, mayda bezorilik sodir qilganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 va 183-moddalariga asosan Oqoltin tumani Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

17 aprel kuni Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, «Sohibkor» mahallasida yashovchi 1988 y.t. Abdullaxon A. karantin qoidalariga amal qilmasdan, tug‘ilgan kun tadbiri tashkil qilib, yashash uyida 11 nafar fuqarolarni yig‘ib o‘tirganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

17 aprel kuni Toshkent viloyati, Angren shahar, 2/2-mavzesida yashovchi 1994 y.t. Asliddin T. jamoat tartibini buzganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar