“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 06:47
ЎЗO‘Z

«Humo» xokkey klubi kelasi mavsum OXLda ishtirok etmasligini ma’lum qildi

17 apr, 18:56 2 440 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Humo» xokkey klubi kelasi mavsum OXLda ishtirok etmasligini ma’lum qildi Foto: «Humo»
Toshkentning «Humo» xokkey klubi kelasi mavsum Oliy Xokkey Ligasida (OXL) ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
Bu haqida klub matbuot xizmati o‘z bayonoti orqali e’lon qildi. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan noqulayliklar, musobaqalar qachon va qay tariqa o‘tkazilishi noma’lum bo‘lib qolayotgani sabab sifatida ko‘rsatilgan.

«Infeksiyaning tarqalish ko‘lamini, yangi koronavirusning inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotganini inobatga olgan holda, mavsum oldidan tayyorgarlikning va OXL chempionatining boshlanish vaqti to‘g‘risida aniq tushuncha bo‘lmagani sababli, shuningdek, u qay tarzda o‘tkazilishini noaniqligini hisobga olgan holda, klub rahbariyati OXL va QRO chempionatlarining 2020/21 yilgi mavsmida ishtirok etmaslik qaroriga keldi», — deyiladi bayonotda.

Bayonotda klubining keyingi mavsum qaysi musobaqada ishtirok etishi ma’lum qilinmagan.
TASS'ning xabar qilishicha, «Humo» bir mavsum o‘tib OXLga qaytishi mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati rahbari Aleksandr Malishev ma’lum qilgan.

«Bir yil o‘tib «Humo» qaytishiga umid bildiramiz. Hozirda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni bashorat qila olmaymiz», — deydi Malishev.
«Humo» xokkey klubiga 2018 yil oxirida asos solingan. Jamoa uy uchrashuvlarini «Humo Arena»da o‘tkazadi. 2019 yilda xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ishtirok etgan. 2019 yilning yozida «Humo» OXLda ishtirok etishi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, «Humo Arena» ochilish marosimida rossiyalik bir qator xokkey afsonalari O‘zbekistonga tashrif buyurgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan Aleksandr Yakushev, Valeriy Kamenskiy, Aleksey Jamnov va Vitaliy Proxorovlarga Dream City kompaniyasi tomonidan Toshkent shahridan uy berilgandi.

Ma’lumot uchun, OXL (VXL) — Rossiyaning KXLdan keyingi ikkinchi darajali xokkey ligasi. Uning 2019/20 yilgi mavsumida Rossiyaning 27 ta, Qozog‘iston va Xitoyning 3 tadan klubi qatorida O‘zbekiston nomidan «Humo» ishtirok etgan. OXL 2019/20 yilgi mavsumi mart oyi so‘nggida koronavirus sabab muddatidan avval yakunlangandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 59
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 100
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 156
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 329
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 97
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 151
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 59
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 99
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 155
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 328
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 189
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 249
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 52
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 96
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 117
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 69
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 151
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 70
  • Bo‘limlar