“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:27
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi koronavirusni davolash tadqiqoti Buyuk Britaniyada qiziqish uyg‘otdi

14 apr, 14:00 4 238 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi koronavirusni davolash tadqiqoti Buyuk Britaniyada qiziqish uyg‘otdi 2020 yilning 13 aprel kuni O‘zbekistonning London shahridagi Elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tibbiyot xodimlari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etilib, unda Covid-19 yangi koronavirus infeksiyasining oldini olish va davolash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.

Tadbirda Buyuk Britaniya tomonidan Lyusham London universiteti kasalxonasining Anesteziologiya va reanimatoligiya departamenti direktori doktor Vaqas Xolid, shifokorlar Richard Friz va Fazliddin Murodov, O‘zbekiston tomonidan esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, mamlakatimizning barcha hududlaridan anesteziologiya va reanimatologiya vakillari ishtirok etdi.

Videokonferensiya chog‘ida ikki davlat mutaxassislari koronavirusga qarshi kurashish borasida qo‘llanilayotgan choralar, tashxis qo‘yish va kasallarni davolash bo‘yicha tibbiyot muassasalarining faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot almashishdi. Reanimatsiya bo‘linmalarida og‘ir ahvolda yotgan bemorlarni davolashning yangicha uslubiga alohida e’tibor qaratildi. Britaniyalik mutaxassislarda o‘zbekistonlik hamkasblarining bemorlarni kasaldan tuzalgan kishilarning qon plazmasi orqali davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari va mamlakat shifoxonalarida ushbu uslubni keng joriy qilish borasidagi rejalari katta qiziqish uyg‘otdi.

Tomonlarning e’tirof etishicha, mazkur muloqot foydali bo‘ldi va yangi koronavirus, uni davolash usullari to‘g‘risidagi bilimlarni boyitish imkonini berdi. Kelgusida ham aloqada bo‘lish va doimiy asosda shu kabi tadbirlarni o‘tkazib turishga kelishib olindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 542
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 508
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar