“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 05:15
ЎЗO‘Z

Deputat karantin tufayli ishidan va kunlik daromadidan ayrilganlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmini aytdi

14 apr, 06:50 2 578 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deputat karantin tufayli ishidan va kunlik daromadidan ayrilganlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmini aytdi «Adolat» SDP a’zosi bo‘lgan deputat «Ijarada yashayotgan va kundalik daromadga qarab qolgan aholiga qanday yordam beramiz?» sarlavhali maqolasida homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali aholiga yetkazilayotgan mahsulotlarni taqsimlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ehtiyojmand oilalar qatlamini aniqlab olish zarurligi haqida gapirgan.

«Hozirda uch toifadagi oilalar eng qiyin davrni boshidan o‘tkazmoqda. Birinchi toifa – bu o‘z uy-joyiga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar hisoblanadi. Chunki ular daromad topadimi-yo‘qmi, ijara va kommunal to‘lovlarni har oy to‘lashga majbur. Karantin davrida esa ularning aksariyati ishsiz qolishdi. Ammo ijara to‘lovlarini to‘lamasa, boshpanasiz qolishi ham hech gap emas. Eng yomoni, ularning aksariyatida o‘zlari yashayotgan joyida «propiska»si bo‘lmaydi. Tabiiyki, mahalladan olinadigan moddiy yordam yoki oziq-ovqat mahsulotlar olish imkoniyati cheklanadi.

Ikkinchi toifa - faqatgina chet elda ishlayotgan oila a’zosining daromadiga qarab qolgan oilalar. Sababi bugun aholimizning aksariyat qismi ishlayotgan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda ham karantin e’lon qilingan. O‘z-o‘zidan ushbu davlatlarda mehnat qilish imkoniyati anchagina pasaygan yoki butunlay to‘xtagan. Tabiiyki, ular oilasiga jo‘natayotgan mablag‘lar qisqardi yoki umuman to‘xtadi. Bundan tashqari, daromadsiz qolgan o‘zga yurtdagi fuqarolarimiz ijara haqi va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lashga to‘g‘ri keladi. Ularning oila a’zolari karantin sharoitida mablag‘siz qolmoqda. Boisi ular na kam ta’minlangan oilaga, na yetarli ta’minlangan oilaga kirishadi.

Uchinchi toifa - kundalik daromadga asoslangan ishlarni qilib yurgan vatandoshlarimiz. Ya’ni kafe, restoranlarda ishlayotgan xodimlar yoki bo‘lmasa kirakashlik bilan shug‘ullanib tirikchilik qilib yashayotgan fuqarolarimiz. Karantin sharoitida ularning mehnat qilish imkoniyati cheklangani bois o‘z ro‘zg‘orini tebratishda ancha qiynalmoqdalar. Agarda karantin davri cho‘ziladigan bo‘lsa, fuqarolarimizning ushbu qatlami yanada qiynalishi aniq», deydi deputat.

U shuningdek, o‘zi sanagan uch toifa oilalarga zaruriy oziq-ovqat yetkazish bilan birlamchi ehtiyojni to‘liq qoplab bo‘lmasligini ta’kidlaydi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator takliflarni ilgari surgan. Birinchi navbatda joylardagi hokimliklar mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali yuqoridagi toifalarga mansub oilalarni «propiska»sidan qat’i nazar alohida ro‘yxatini shakllantirishi kerakligini ta’kidlagan.

«Birinchidan, joylardagi hokimliklar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda yuqoridagi toifalarga mansub oilalarni propiskasidan qat’i nazar alohida ro‘yxatini shakllantirishi kerak. Bu kabi oilalarni ro‘yxatga olishni ijtimoiy tarmoqlar va yagona telefon tarmog‘i orqali amalga oshirish ham mumkin. Bunda faqat yashash joyi bo‘yicha haqiqiy ahvolni mahalla o‘rganishi talab etiladi.

Ikkinchidan, ro‘yxati shakllantirilgan oilalarga zaruratga qaragan holda banklar tomonidan har oyda ma’lum summadan vaqtincha qisqa muddatli (3 oy - 5 oy) mikrokredit ajratish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlab turish zarur.

Uchinchidan, homiylik jamg‘armalari hisobidan aholiga naqd shaklda yoki plastik kartaga o‘tkazish orqali 3 oylik muddatga foizsiz ssuda berib turish lozim.
Ahamiyatlisi, mazkur takliflarni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilik mexanizmlari shakllantirilgan. Faqat ijrochilardan ozgina tashabbuskorlik ko‘rsatilsa, bas.

Albatta, yuqoridagi takliflarni o‘qib, davlat va banklar tomonidan o‘zi shuncha mablag‘ yo‘naltirilmoqda-ku, yana bu tizimlarni yo‘lga qo‘ysak, mablag‘ tanqisligi yuzaga keladi-ku, deya e’tirozlar bildirilishi mumkin. Ammo bir narsani unutmaslik lozimki, agar fuqarolarimiz vitaminli, kaloriyali taomlarni iste’mol qilmas ekan, bu kasallik bizni tark etishi uzoqqa cho‘zilaveradi. O‘z-o‘zidan, fuqarolarimizning yashash darajasi pasayadi va kambag‘al oilalar soni yanada oshadi. Natijada bugun berilmagan bir so‘mimiz ertaga uch so‘m zararga aylanadi. Bundan eng avvalo banklarimiz va davlat budjeti aziyat chekadi.

Hamjihatlikda, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qilingan har bir sa’y-harakat ertaga o‘z natijasini berishi tabiiy», deyiladi deputatning partiya saytida e’lon qilingan chiqishida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 91
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 48
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 233
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 239
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar