“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:26
ЎЗO‘Z

Virusolog: «Koronavirus biz bilan abadiy qoladi, xuddi gripp kabi»

13 apr, 14:41 4 681 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Virusolog: «Koronavirus biz bilan abadiy qoladi, xuddi gripp kabi» Foto: iz.com.ua
Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi, Sechenov universitetining mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri Vitaliy Zverev koronavirusdan qo‘rqmaslik lozim deb hisoblamoqda.

Karantin bir necha haftalardan beri davom etyapti. Millionlab odamlar o‘z yaqinlarining sog‘lig‘idan xavotirda. Eng asosiy savol – bu qachon tugaydi? Qachon biz makkor koronavirusni yengib o‘tamiz? «KP» Radiosi bu savolni akademik Vitaliy Zverevga berdi.

«Virusni yengish – muammoning to‘liq yechimi emas. Chunki u insoniyat populyatsiyasida saqlanib qoladi», - dedi akademik.

«Uning insoniyat populyatsiyasini to‘liq tark etadi deyishga hech qanday asos yo‘q. Viruslar bilan yillar davomida kurashyapmiz, ammo faqat bittasini to‘liq yengib o‘tganmiz – tabiiy chechakni. Buning uchun dunyo hamjamiyati birlashdi va yaxshi vaksina ixtiro qildi. Endi tabiiy chechak hech qachon qaytmaydi, chunki u bilan xastalangan odamlar yo‘q. Koronavirusga keladigan bo‘lsak, uni davolashga dori ham, unga qarshi vaksina ham yo‘q, demak undan to‘liq xalos bo‘lishning iloji yo‘q.

Koronavirusni insoniyat tarixidagi boshqa respirator viruslar: gripp, adenovirus, resirator-sinsitial virus va rinoviruslar bilan taqqoslash mumkin. Insoniyat populyatsiyasida 4ta koronavirus bor edi, endi ular 5ta bo‘ldi. Bundan qo‘rqish va vahimaga tushish kerak emas. Ammo epidemiyaga qarshi kurashish, insonlar qurbon bo‘lishining oldini olish shart.

Koronavirus – bu tabiiy chechak virusi emas, hatto, og‘irligi jihatidan grippga ham tenglashtirib bo‘lmaydi. Koronavirus tufayli insoniyat populyatsiyasi halokatga yuz tutmaydi. Odamlar bu virusga qarshi immunitet orttiradi. Ammo aholining 70 foizi kasallanadi. Asosan yengil shaklda. Ba’zilarda kasallik alomatlari umuman namoyon bo‘lmaydi.

Kelajakda voqealar rivojining qanday bo‘lishi bu kasallikka qarshi immunitetning turiga bog‘liq. Agar immunitet qisqa muddatli bo‘lsa, epidemiyalar tez-tez takrorlanadi. Agar uzoq muddatli bo‘lsa, epidemiya ham uzoq muddatga chekinadi.

Demak, hamma kasallanadimi? Hamma emas, aholining taxminan 70 foizi. Muhimi – bu jarayon uzoq vaqtga cho‘zilishi kerak. Shunda tibbiyot muassasalari maxsus parvarishga muhtoj bemorlarning juda katta oqimiga duch kelmaydi».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 26
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 50
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 44
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar