“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:27
ЎЗO‘Z

Koronavirus vaksinasi: Bill Geyts uni tayyorlashga 1,5 yil ketishini aytmoqda

13 apr, 13:13 2 187 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus vaksinasi: Bill Geyts uni tayyorlashga 1,5 yil ketishini aytmoqda Bill Geyts / AFP
Hozirda butun dunyoda faqat bir mavzu haqida gapirmoqda – koronavirus. Oddiy odamlar virus yuqtirganlar soni oshayotgani, uning qanday yuqishini muhokama qilsa, insoniyat taqdiriga befarq bo‘lmagan milliarderlar koronavirusning davosi ustida bosh qotirmoqda.

Birinchidan, ular dunyoning eng ko‘p kapitaliga ega insonlar sifatida qolganlarning ham salomatligi uchun mas’uliyat his qilishadi. Agar bunday o‘ylashmaganda, ular hozirgi martabalariga erishmagan bo‘lishardi. Ikkinchidan, dunyoning kambag‘allashishi milliarderlarga ham ta’sir qilmay qo‘ymaydi.

Uzoq vaqt dunyoning eng boy odami bo‘lib kelgan Bill Geyts vaksina ishlab chiqish uchun 100 million dollar ajratishini ma’lum qilgandi. Microsoft asoschisining taxminicha, vaksina ishlab chiqish uchun kamida 1,5 yil vaqt ketadi. Bu haqda milliarder VVS nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Geytsning so‘zlariga ko‘ra, bugungi «hammasi odatdagidek» bo‘lmagan davrda jarayon ko‘p vaqt talab qiladi: «Bizda sinab ko‘rish uchun odatdagidan kamroq imkon bo‘ladi. Bundan tashqari, davlatlar vaksina ishlab chiqaradigan korxonalarni barcha ishlardan ozod qilib ularga «hamma ishni yig‘ishtiring va vaksinani yarating» deb ayta oladimi? Bu ham hal qilish kerak bo‘lgan masala».

Olimlar koronavirus vaksinasi yaratishni allaqachon boshlab yuborgan va hozirgacha bir nechta vositani hayvonlarda sinab ko‘rishdi ham. Agar vaksina hayvonlarda samara bersa, ikkinchi bosqichda uni insonlarda sinab ko‘rish boshlanadi. Bu ham kamida yil oxirigacha cho‘zilishi aytilmoqda. Dunyo bo‘ylab koronavirusning bir necha turi tarqalgani olimlar ishini murakkablashtiryapti.

Koronavirusga qarshi kurashda faollardan bo‘lgan britaniyalik olim Jeremi Farrerning aytishicha, ba’zi koronavirusdan tuzalgan odamlarda virus ikkinchi marta aniqlangani vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Masalan, Janubiy Koreyada 100ga yaqin odam koronavirusni ikkinchi marta yuqtirib oldi. Bu virus qonda tirik qolganini bildiradimi yoki ular virusni qayta yuqtirganmi – aniq emas. Bu ham vaksina yaratishda muammo tug‘dirishi aniq.

Vaksina yaratish ustida butun dunyo olimlari izlanishmoqda / REUTERS
Ayni damda 98 milliard dollar kapital bilan dunyo boylari reytingida ikkinchi bo‘lib turgan Bill Geytsning fikricha, pandemiya vaqtida faqat vaksina odamlarni odatiy hayot tarziga qaytara oladi. Global pandemiya xavfidan ancha avval ogohlantirgan Microsoft asoschisi vaksina yaratish uchun yetarli pul ajratilmayotganini aytmoqda. U ajoyib o‘xshatishni keltirdi: koronavirusga qarshi kurashni allaqachon jangga qiyoslab bo‘lishdi, ammo himoyalanish uchun yetarli pul ajratilmayapti.

«Men va tibbiyot sohasidagi olimlar pandemiyaning xavfi haqida ko‘p gapirdik. 2015 yilda Angliyadagi chiqishimda bunday ko‘rinishdagi xavf haqida gapirgandim. Vaqti kelib orqaga qaraganda, xato qilganimizni, imkonimiz bo‘la turib tibbiyotga yetarlicha pul ajratmaganimizni o‘ylab, afsuslanishimiz mumkin.

Menimcha, biz hali pandemiya xavfidan to‘liq ogoh emasmiz va bu borada yetarlicha pul ajratmayapmiz. Ha, biz vaksina yaratish bo‘yicha o‘ziga xos koalitsiya tashkil qildik, lekin bu qilishimiz mumkin bo‘lgan ishning atigi 5 foizi.

Vaqt o‘tib bu kasallik bilan bo‘lgan kurash yakunlarini tahlil qilayotganimizda juda kam davlatlar «a’lo» bahoga munosib bo‘lishadi. Chunki ko‘pchilik bunday holatga tayyor emasligini aytib, vaziyatdan chiqib ketadi. Ha, hech kim bunaqa bo‘lishini kutmagani, kelajakda bizni qanday xavf kutayotganini taxmin ham qilib ko‘rmagani oqibatida hozirgi o‘zimizga noma’lum holatga tushib qoldik
», deydi Bill Geyts VVS bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, mart oyi o‘rtalarida AQSHda koronavirusga qarshi vaksina ilk marta ko‘ngillilarda sinab ko‘rilgandi. Bu loyihani AQSH milliy sog‘liqni saqlash instituti moliyalashtirgan. Ekspertlarning fikricha, vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgandan keyin ham hamma undan foydalana olish bosqichiga yetguniga qadar kamida 1,5 yil vaqt ketadi...
Bill Geyts, koronavirus, vaksina




Mavzuga oid yangiliklar
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 442
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 103
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar