“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:25
ЎЗO‘Z

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasalxonadan chiqdi

12 apr, 20:54 2 576 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasalxonadan chiqdi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasalxonadan chiqdi. Bu haqda Downing Street’ga asoslanib Sky News xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, bosh vazir kasalxonadan chiqqaniga qaramay, hali ishga kirishmaydi. U shahar tashqarisidagi Chekers qarorgohida shifokorlar nazorati ostida davolanishni davom ettiradi.

«Bosh vazir kasalxonadan Chekers qarorgohiga o‘tkazildi. Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra u hozircha ishga kirishmaydigan bo‘ldi. Bosh vazir Sent Tomas kasalxonasidagi hammaga minnatdorchilik bildirib, virus yuqtirganlarning barchasiga salomatlik tilab qoladi», deb Downing Street bayonotidan iqtibos keltirgan Sky News.

Ma’lumot uchun, Boris Jonson o‘zida koronavirus aniqlangani haqida 27 mart kuni tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan va kasallik alomatlari o‘tib ketavermagach, 6 aprel kuni Londondagi Sent Tomas kasalxonasiga yotqizilgandi. Uch kun davomida jonlantirish bo‘limida davolangan Jonson 10 aprel kuni oddiy palataga o‘tkazilgandi.

Ayni vaqtda hukumatni tashqi ishlar vaziri Dominik Raab vaqtinchalikka boshqarib turibdi.
Avvalroq Jonson hayoti uchun shifokorlardan qarzdor ekani haqida aytib o‘tgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 0
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 70
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 391
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 117
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 509
  • So'nggi yangiliklar
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 69
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 110
  • Bo‘limlar