“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:50
ЎЗO‘Z

Donald Tramp AQSHda koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qildi

10 apr, 12:37 3 166 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Donald Tramp AQSHda koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qildi Foto: Reuters
AQSHda koronavirus tarqalishi eng yuqori cho‘qqiga chiqdi, ayrim mintaqalarda pasayish ham kuzatila boshlagan. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi «RIA Novosti»ga tayanib Daryo.
«Biz kasallikning eng yuqori cho‘qqisidamiz, bunga ishonchim komil. Ayrim holatlarda pasayish kuzatilmoqda, biz jarayonni boshlab yubordik», — deydi Amerika yetakchisi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan vitse-prezident Maykl Pensning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat eng keskin bo‘lgan mintaqalarda barqarorlashuv belgilari tobora ko‘proq kuzatilmoqda. Vitse-prezident Nyu-York shahri, Denver va Luiziana shtatlarini misol qilib keltirgan.

Avvalroq AQSH razvedkasi Uxanda tarqalgan koronavirus halokatli bo‘lishi haqida hukumatni noyabr oyidayoq ogohlantirgani ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH vitse-prezidenti Maykl Pens 8 aprel kuni brifing chog‘ida mamlakatning ba’zi yirik shaharlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qilgandi. Tramp esa AQSHda koronavirus qurbonlari soni 100 ming kishidan kamroq bo‘lishiga umid qilishini bildirgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan kasallanganlar soni 465 ming kishidan oshdi, 16,6 mingdan ortiq odam vafot etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 21
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 165
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 844
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar