“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:45
ЎЗO‘Z

Pandemiya vaqtida ITB O‘zbekistonga 200 mln. dollar ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi

10 apr, 12:02 2 799 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pandemiya vaqtida ITB O‘zbekistonga 200 mln. dollar ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi Islom taraqqiyot banki “Strategik tayyorgarlik va choralar to‘plami” ( umumiy qiymati 2,3 mlrd. AQSH dollari) imkoniyatlaridan foydalanib, O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi vaqtida har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi bank prezidenti Bandar Xajar bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqov bilan muzokaralar chog‘ida. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

ITBning “Strategik tayyorgarlik va choralar to‘plami” pandemiya sharoitlarida Bank a’zolari hisoblangan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish maqsadida tuzilgan.

ITB allaqachon koronavirus bilan kurashish uchun tashkil etilgan yangi klinikalar uchun tibbiy asbob-uskunalar va mahsulotlarni shoshilinch sotib olishni moliyalashtirish uchun O‘zbekistondagi mavjud kredit portfelidan 17 million dollar ajratgan.

Shuningdek B.Hajar koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun qurilayotgan yangi shifoxonalarni jihozlashga infrutuzilma loyihalari doirasida iqtisod qilingan 46 mln. AQSH dollarini qayta yo‘naltirish orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Videokonferensiya yakunlariga ko‘ra tomonlar sog‘liqni saqlash tizimi ehtiyojlari va O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ITB tomonidan umumiy qiymati 140 mln. dollardan ortiqroq bo‘lgan qo‘shimcha moliyalashtirishni jalb etish bo‘yicha ishlashga kelishib oldilar.

Avval xabar qilganimizdek, Jahon banki (1,2 milliard dollar), Osiyo taraqqiyot banki (1 milliard dollar), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (320 million dollar) O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 73
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 64
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 57
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 67
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar