“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:00
ЎЗO‘Z

Lukashenko koronavirusga chalinganlarni shaxsan o‘zi davolashga tayyorligini aytdi

08 apr, 06:00 2 655 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lukashenko koronavirusga chalinganlarni shaxsan o‘zi davolashga tayyorligini aytdi Foto: Visegrad 24
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanik bilan birga koronavirus pandemiyasi vaqtida zarurat bo‘lsa, odamlarni davolashga tayyorligini aytdi.

Lukashenkoning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, Belarus prezidenti 7 aprelda respublika sog‘liqni saqlash tizimining koronavirus tarqalishi xavfiga qarshi kurashishga tayyorligi haqidagi hisobotni tinglagan. Lukashenko bu mavzu atrofida shov-shuv ko‘tarmaslikni, biroq zarurat bo‘lsa o‘zi ham shifokorlarga yordam berishga tayyorligini aytgan.

Agar siz uchun biror-bir narsa qilolsam, iltimos ayting. Men vazirga ham aytgandim: Vladimir Stepanovich, kerak bo‘lsa, sen bilan odamlarni davolashga boramiz. Men buni unga aytganman. U esa “hozircha hojat yo‘q”, deb javob qildi”, deb aytgan Belarus prezidenti.

Ayni vaqtda Lukashenko Belarusda karantin choralari kiritishga qarshi chiqmoqda.
Bu orada respublikada zudlik bilan karantin kiritish talab qilingan petitsiya 150 mingdan ko‘proq odam tomonidan imzolanib, JSSTga yuborilgan. Petitsiyada “virus jadal tarqalayotgan bir vaqtda odamlar ishga va o‘qishga qatnayotgani, falokatli oqibatlar oldini olish uchun barcha uyda qolishi lozimligi” aytilgan.

Ayni vaqtda Belarusda koronavirusga chalinganlar 861 nafarni, undan vafot etganlar 13 nafarni tashkil qilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 276
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 241
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar