“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 18:26
ЎЗO‘Z

Jahon banki O‘zbekistonga inqirozga qarshi kurash uchun 1,2 milliard dollar ajratishi mumkin

07 apr, 11:28 1 925 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon banki O‘zbekistonga inqirozga qarshi kurash uchun 1,2 milliard dollar ajratishi mumkin Foto: AP Photos/Susan Walsh
Jahon banki koronavirus pandemiyasi oqibatlari bilan kurashda O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak beradi. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, 6 aprel kuni bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Jahon banki Guruhi vitse-prezidenti Siril Myuller videokonferensiya ko‘rinishidagi suhbatda shu masalani muhokama qilgan.

«Tomonlar aholini koronavirusdan himoya qilishga, korxonalar, birinchi navbatda, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan birgalikdagi istiqbolli choralarni muhokama etishdi.

Siril Myuller O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida aholining ijtimoiy himoya darajasini oshirish va mamlakatda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zini oqlagan choralarni yuqori baholadi», deyiladi vazirlik xabarida.

Janob Myuller Jahon banki Guruhi tomonidan shakllantirilgan 14 milliard AQSH dollari miqdoridagi «Tayyorlik va javob strategik dasturi» mablag‘larini O‘zbekistonning inqirozga qarshi dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun mobilizatsiya qilish niyatida ekanligidan xabardor qildi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimini, ijtimoiy himoya institutlari va budjet ko‘magini moliyalashtirish uchun 1,2 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘larni operativ ajratish masalasi ham muhokama qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 111
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 72
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 210
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 66
  • O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni jadallashtiradi 11 apr, 21:47 69
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 40
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 151
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 33
  • Bo‘limlar