“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 00:46
ЎЗO‘Z

Nyu-Yorkda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

07 apr, 11:00 3 850 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nyu-Yorkda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi Foto: Reuters
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 6 aprel kuni 1969 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etdi.

22 mart kuni R.X.da kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan edi, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2 aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulangan va sun’iy komaga tushirilgan edi.

«Ushbu davrda Bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turdi», deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Hozirgi paytda Bosh konsulxona diasporal tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

«Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi va AQSHda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi (tel: +1-202-887-5300 (ichki.1)) va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel: +1-212-754-7403) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi», deya qo‘shimcha qilingan TIV axborotida.

Bundan avvalroq Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Avstriya va Armanistonda bir nafar, Qozog‘istonda ikki nafar o‘zbekistonlik virus yuqtirib olgani xabar qilingandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 472taga yetgan, 30 kishi sog‘aygan va 2 kishi vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 48
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 26
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 217
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Bo‘limlar