“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:33
ЎЗO‘Z

Turkiya tashqi ishlar vaziri koronavirus ofatidan xalos bo‘lish yo‘lini aytdi

06 apr, 13:10 3 826 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya tashqi ishlar vaziri koronavirus ofatidan xalos bo‘lish yo‘lini aytdi Foto: “Anadolu” agentligi
Koronavirus pandemiyasiga qarshi dunyo davlatlari keskin choralar ko‘rmoqda, lekin individual harakatlar yetarli bo‘lmaydi, deb yozadi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li AQSHning «The Washington Times» gazetasida chop etilgan maqolasida.

Vazirga ko‘ra, global sinov cog‘liqni saqlash va iqtisodiyot jabhasida global chora-tadbirlarni talab qilmoqda. Bu jarayonda xalqaro tashkilotlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tibbiy uskunalarni ta’minlash bo‘yicha faollik ko‘rsatishi lozim.

«Global pandemiya davrida kemaga tushganning joni birdir. U hech bir jamiyatni va hech bir shaxsni ayamaydi. Shuning uchun, biz o‘zimizni boshqalardan, ijtimoiy o‘zaro munosabatlardan uzoqlashtirishimiz kerak. Pandemiya Antarktidadan tashqari barcha qit’alarga tarqaldi, ushbu virusni yuqtirib olganlar soni keskin ravishda ortib bormoqda», – deb yozadi Mavlud Chovusho‘g‘li.

Qayd etilishicha, insoniyat pandemiya bois uzoq muddatli iqtisodiy badallar to‘lashga mahkumdir. Qolaversa, epidemiya dunyo siyosati va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, dunyo hukumatlarini qiyin ahvolga solishi muqarrar. Shu bois xalqaro hamjamiyat oshig‘ich chora-tadbirlar ko‘rishi lozim.

Turkiya tashqi siyosat mahkamasi rahbariga ko‘ra, G20 global inqirozni boshqarish uchun eng maqbul format sanaladi. 2008 yili dunyo iqtisodiyoti inqirozga uchragan davrda ham «Katta yigirmalik» tashabbus ko‘rsatgani ma’lum.

«Biz G20 rahbarlarini ushbu global epidemiyaga qarshi kurashda birdamlik, global iqtisodiyot hamda cheklanmagan savdoni himoya qilish majburiyati haqidagi bayonotini qo‘llab-quvvatlaymiz. G20’ning kelishilgan asosiy choralaridan biri – SWAP bitimlarini kengaytirishdir. G20 tomonidan «Tajribali davlat xizmatchilarini muvofiqlashtirish guruhini tuzish” bo‘yicha taklifimiz qabul qilinganidan ham mamnunmiz. Chunki biz chegarani boshqarish va fuqarolarni o‘z mamlakatlariga qaytarish kabi masalalar bo‘yicha kelishgan holda harakat qilishimiz kerak», – deydi Turkiya TIV.

M.Chovusho‘g‘li, shuningdek, ayni paytda muhojirlar va qochqinlarni himoya qilish ham muhim vazifa ekaniga e’tibor qaratgan.

«Global ta’minot tarmoqlari va yuk o‘tkazmalari to‘siqsiz ishlashi kerak. Ehtiyotsizlik bilan foydalanilgan siyosat vositasiga aylangan sanksiyalar insonparvarlik nuqtai nazaridan baholanishi kerak. Eronga qaratilgan sanksiyalar nafaqat eronliklarga, balki qo‘shnilariga ham zarar yetkazmoqda. Global pandemiyaning bu davrida xavf yanada katta. Eng kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa, Afrika e’tiborsiz qolmasligi kerak», – deb hisoblaydi turk diplomati.

Rasmiy Anqaraga ko‘ra, global ofat turli nizo va ziddiyatlarni ortga surishni taqozo etmoqda. Zotan, dunyo bir mushtga do‘nmas ekan, koronavirus ofatini aslo yengib bo‘lmaydi.

«Barchamizni tashvishga solgan va global miqyosda javob berish zarurati bo‘lgan yana bir masala bu – odamlarga, ekotizimga, iqtisodiyotga va vijdonimizga og‘ir badallarni keltirib chiqaradigan nizolarni tugatish. Shu bois biz xalqaro hamjamiyatni, jumladan, Yaqin Sharqni ziddiyatlarni ortga surishga, mojarolarga barham berib, jiddiy muloqot va murosaga intilishga chaqiramiz. Pandemiya oqibatida har bir inson va dunyo salomatlik uchun kurashayotgan bir paytda geosiyosiy raqobat va siyosiy nizolar hech qanday ma’noga ega emas», – deydi muallif.

Ta’kidlanishicha, insoniyat hayoti koronavirusdan keyin aslo avvalgidek bo‘lmaydi, dunyo jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Ofatdan xalos bo‘lish esa oqilona qarorlarga bog‘liqdir.

«Bugungi global pandemiya borasida davlat rahbarlari tomonidan qabul qilingan har bir qaror ertangi dunyo tartibining kelajagini belgilab beradi», – deb yozadi M.Chovusho‘g‘li.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya ham koronavirus pandemiyasiga qarshi keskin choralar orqali kurashmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ushbu mamlakatda SOVID-19 infeksiyasiga chalinganlar 27 ming nafardan oshdi, undan vafot etganlar esa 574 kishini tashkil etmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina jonivorlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

S.Salim




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 290
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 186
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar