“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 15:15
ЎЗO‘Z

Koronavirusga chalingan Boris Jonson shifoxonaga yotqizildi

06 apr, 08:19 2 516 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga chalingan Boris Jonson shifoxonaga yotqizildi Foto: Matt Dunham / AP
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalingandan 10 kun o‘tib ko‘rikdan o‘tkazilgani shifoxonaga yotqizildi.
Ta’kidlanishicha, bunday qaror uni davolovchi shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qilingan. Bosh vazir ofisida Jonsonda koronavirusga chalinganlik tashxisi qo‘yilgandan 10 kun o‘tib ham kasallik alomatlari saqlanib qolayotgani va shu sababli uning shifoxonaga yotqizilishi ehtiyot chorasi ekanligi aytilgan.

Ta’kidlanishicha, Jonsonda yuqori tana harorati saqlanib turibdi va yo‘tal o‘tmayapti.
“Bi-bi-si” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Jonson shifoxonada tahlil topshirish uchun qoladi. Shuningdek, u hukumat ishini boshqarishda davom etadi, biroq hukumatning 6 aprelda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bag‘ishlangan yig‘ilishi tashqi ishlar vaziri Dominik Raab raisligida o‘tadi.

Bu orada Angliya sog‘liqni saqlash tizimi rahbariyatiga yaqin manbaning xabar berishicha, shifoxonada Jonsonda o‘pkani sun’iy shamollatish o‘tkaziladi.

Britaniya bosh vaziri koronavirusga chalingani 27 mart kuni ma’lum bo‘lgan. O‘shanda Jonson unda kasallik alomatlari – yuqori tana harorati va yo‘tal paydo bo‘lgandan keyin tahlil topshirishga qaror qilganini ma’lum qilgan. Shundan keyin siyosatchi karantinga ketib, uydan ishlashga qaror qilgan.

2 aprelda Jonson tvitterda videomurojaat e’lon qilib, unda o‘zini yaxshi his qilayotgani, biroq hali ham harorati balandligi va shu sababli karantinni davom ettirishini ma’lum qilgan.

Bosh vazirdan farzand kutayotgan qaylig‘i Kerri Saymonds ham koronavirusga chalingan. U 4 aprelda bir hafta virus alomatlari bilan to‘shakda yotganini ma’lum qilgan. Saymondsning ta’kidlashicha, hozirda uning ahvoli yaxshilangan.

Ayni vaqtda Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 47,8 ming nafarni, vafot etganlar 4934 nafarni tashkil qilmoqda. 24 martdan beri mamlakatda karantin rejimi amal qilmoqda. Fuqarolarga uylaridan oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi ehtiyojdagi buyumlar xaridi, ishga borish, sport bilan shug‘ullanish va tibbiy yordam olish uchungina ko‘chaga chiqishga ruxsat berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 0
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 40
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 18
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 149
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 87
  • Bo‘limlar