“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 15:20
ЎЗO‘Z

«Karantin noyabr oyigacha davom etadimi?». Respublika bosh davlat sanitariya inspektori javob berdi (video)

05 apr, 23:30 6 016 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Karantin noyabr oyigacha davom etadimi?». Respublika bosh davlat sanitariya inspektori javob berdi (video) AOKA qoshida tashkil etilgan brifingda Respublika Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus haqidagi turli savollarga javob berdi.
«Koronavirus kasalligi asosan insonlar muloqoti vositasida yuqmoqda. Shu sababli uyda qolish va ortiqcha muloqotdan tiyilish tavsiya qilinadi», — deydi Nurmat Otabekov.

Nurmat Otabekov karantinning noyabrga qadar cho‘zilishi mumkinligi haqida tarqalgan gap-so‘zlarga quyidagicha munosabat bildirdi.
- "Bu kabi bashoratlarni tez-tez uchratyapmiz. Ular shu darajada xilma-xilki, hatto ming yil, bir yarim ming yil koronavirus tarqalishini bashoratchilar aytib ketgan ekan, degan fikrlar paydo bo‘lmoqda. ‘Ko‘pchilikdan quyon qochib qutulmaydi’ degan maqol bor, butun dunyo ushbu infeksiyaga qarshi kurashayotgan ekan, demak ushbu muddat uzoqqa cho‘zilmaydi", - deydi Nurmat Otabekov.

Respublika Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov karantinga qaramay hali ham faoliyatini davom ettirayotgan idora yoki korxonalar bor, faoliyati davom etayotgan muassasalarda koronavirusga qarshi qanday choralar ko‘rilishi lozimligi haqida berilgan savolga ham javob qaytardi.

- "Darhaqiqat bunday idora yoki muassasalar mavjud. Bunda, albatta, ish vaqti boshlanishida har bir xodimning harorati o‘lchab, ish joyiga kiritilishi, uch nafardan ortiq odamning to‘planishiga yo‘l qo‘yilmasligi, kun davomida ishxona yo‘laklari, barcha xonalar maxsus dezinfeksiya vositalari bilan tozalab turilishi, masofa saqlab harakatlanish, har bir xodim tibbiy niqobda bo‘lishi va ular har ikki soatda almashtirilishiga e’tibor qaratilishi lozim. Ana shunda ushbu tashkilot yoki muassasaning karantin sharoitidagi faoliyati to‘g‘ri va to‘liq bo‘ladi", - deydi Nurmat Otabekov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 0
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 0
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 0
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Bo‘limlar